Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: {{reflist}} → {{Manbalar}}, O’y → Oʻy using AWB
k vekifikatsiya, imlo, replaced: i lekin → i, lekin using AWB
Qator 19:
Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, [[Suriya]]lik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa [[tilshunoslik]] sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.<ref>[http://www.voanews.com/uzbek/news/Steve-Jobs-Apple-131185188.html Stiv Jobs, ilgʻor texnologiya asoschisi, vafot etdi], ''voanews.com''</ref><ref>[http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/10/111006_latin_steve_jobs.shtml Apple muallifi Steve Jobs olamdan o‘tdi], bbc.co.uk</ref>
 
2003-yil Stiv Jobsning [[oshqozonosti bezi]]da [[rak]] paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil [[jigar]]ini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning boshi (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi ([[metastaz]]i) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.<ref>[http://infoman.uz/2011/10/steve-jobs-dead/ Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs vafot etdi], ''infoman.uz''</ref><ref>[http://www.nytimes.com/2011/10/06/business/steve-jobs-of-apple-dies-at-56.html?_r=1 Steve Jobs, Appleʼs Visionary, Dies at 56], ''The New York Times''</ref><ref>[http://lenta.ru/news/2011/10/06/stevejobs/ Umer Stiv Djobs], ''Lenta.ru''</ref>
 
== Ish faoliyati ==
[[Tasvir:Logo Apple.inc.gif|thumb|160px|left|Tishlangan olma — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.]]
 
=== Ilk yillar ===
1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti [[Stiv Vozniak]] (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda [[HP]] (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda [[mantiqiy plata]] (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib [[komputer]]lardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.