Uttar-Pradesh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo, replaced: o’r → oʻr using AWB
k vekifikatsiya, imlo using AWB
Qator 49:
}}
'''Uttar-Pradesh''' ({{lang-hi|उत्तर प्रदेश}}; {{lang-ur|اتر پردیش}}; {{lang-en|Uttar Pradesh}}) — [[Hindiston]]ning shimoliy qismidagi shtat. [[Himolay oldi togʻlari|Himolay togʻ]]larining janubiy etagida. Maydoni 240,9 ming [[km²]]. Aholisi 166 mln. kishi (2001), aksari qismi [[Hinduiylik|hindu]] va [[musulmon]]lar. Asosiy tili — [[Hind tili|hindi]], aholisining bir qismi [[urdu tili]]da soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Lakhnau shahri. Yirik shaharlari: [[Agra]], [[Kanpur]], [[Varanasi]], [[Aligarh]], [[Ilohobod]].
 
== Geografiyasi ==
Yer yuzasi, asosan, tekislik (HindGang tekisligi), 1/5 qismi Himolay togʻlarining janubiy tarmoqlari (eng baland joyi Nandadevi choʻqqisi, 7816 m). Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Tekislik qismida [[May|may oyida]] oʻrtacha [[harorat]] 32°, [[iyul]]da 16°. Yillik yogʻin 700— 1200 [[Millimetr|mm]]. Qurgʻoqchilik ham boʻlibturadi. Eng yirik daryolari: [[Gang]] va uning irmoqlari. Sugʻorish kanali koʻp. Iyul — avgustda daryolar toʻlib oqadi, baʼzan toshqinlar boʻladi. Haydalmagan yerlarda palmazorlar va butali, seroʻt savannalar bor. Shtat hududining 12% dan ziyod qismi oʻrmon.
 
== Iqtisodiyoti ==
Xujaligida [[qishloq xoʻjaligi]] yetakchi. Asosiy ekinlari: [[sholi]], [[bugʻdoy]], [[dukkaklilar]], [[arpa]], [[shakarqamish]], [[paxta]], [[kunjut]], [[tariq]], [[yeryongʻoq]], [[kartoshka]]. [[Chorvachilik]]da [[Sut mahsulotlari|sut chorvachiligi]] rivojlangan. Sanoati, asosan, [[qishloq xoʻjaligi]] mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, qogʻoz, tamaki, aniq priborlar, elektr uskunalari korxonalari, mexanika va temir yoʻl ustaxonalari bor. [[Agra]]da [[shisha]] buyumlar ishlab chiqariladi. [[Hunarmandchilik]]da [[gazlama]], [[kalava ip]], [[poyabzal]], [[mebel]], [[Zargarlik sanoati|zargarlik buyumlari]] tayyorlanadi. Shtatda untlar va boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. Uttar-Pradesh — [[qadimiy hind madaniyati]] markazi. [[Agra]]da mashhur [[Tojmahal|Toj Mahal saroyi]] bor. Turizm rivojlangan.