Artist: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 24:
|imdb_id =
}}
 
'''"Artist"'''- Ayub Shahobiddinov filmi.
 
[[Turkum:Oʻzbek filmlari]]
[[Turkum:2016-yil filmlari]]
 
[[Ayub Shahobiddinov]] tomonidan suratga olingan mazkur yoshlarbop «Artist» deb nomlangan serial O’zbekistonda ilk bor sitkom yo’nalishida suratga olingan ko’p qismli film hisoblanadi. Bu serialning ilk sezoni 12 qismdan iborat bo’lib, har bir qism tahminan 20-25 daqiqa davom etadi. Mazkur serialda siz yoshlarning sevimli aktyor va aktrisalarini ko’rishingiz mumkin. [[Yulduz Rajabova]], [[Nargiza Salmonova]], Akbarxo’ja Rasulov, Bahora Arslonova, Doniyor Hafizov, Umar Jumayev kabi yoshlardan tarkib topgan aktyorlarni «Artist» serialida bosh rollarda ko’rishingiz mumkin. Shuningdek filmda Karim Mirxodiyev, [[Adiz Rajabov]], [[Asal Shodiyeva]], [[Murod Rajabov]] kabi elimiz suygan yulduzli aktyorlarni ham ko’rishingiz mumkin. Serial uchun maxsus saundtrek ham yozilgan bo’lib, ushbu saundtrek taronani yoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon ijro etgan. Anjuman davomida kinorejissor Ayub Shahobiddinov berilgan savollarning barchasiga javob berib o’tdi. Agarda serialning ilk fasli tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinsa, u bir necha yillar davomida suratga olinishi rejada bor ekanligi ma’lum qilindi. «[[Kamolot]]» Yoshlar Ijtimoiy Harakati va «[[Anor films]]» studiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan mazkur serialni siz yaqin orada «MY5″ telekanalida tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Darvoqe, serial ssenariysi muallifi ham o’z ishining mohir ustasi Yolqin To’ychiev ekanligini alohida aytib o’tish o’rinli. Tez kunlarda mazkur serialga bag’ishlangan yana bir matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu safar anjumanda serial bosh qahramonlarini ijro etgan aktyor va aktrisalar ham ishtirok etishlarini ta’kidlab o’tishdi.
 
'''Artist''' (frans. artiste — bilimdon; lot. ars, artis — kasb, hunar, san’at) — dramatik spektakl, kinoda rollar, ope-ra va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuriti-ladi. Keng ma’noda san’atning muayyan sohasidagi ijodkor (sozchi, ashulachi).
 
== Adabiyotlar ==