Archa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vekifikatsiya, imlo, replaced: a’zi → aʼzi (3) using AWB
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Qator 1:
{{manba}}
 
[[Tasvir:Juniperus osteosperma 1.jpg|thumb|200|''[[Juniperus osteosperma]]'']]
'''Archa''' ({{lang|la|''Juniperus''}}) — [[sarvdoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub doim yashil [[daraxt]] va [[buta]]lar [[turkum]]i. 70 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor. A. [[bir jinsli gul|bir jinsli]], [[bir uyli oʻsimliklar|bir]] yoki [[ikki uyli oʻsimliklar|ikki uyli]], shamol yordamida changlanuvchi, [[ignabargli oʻsimliklar|ignabargli o‘simlik]]. A.ning erkaklik [[qubba]]si sarg‘ish, 3 — 6 changdonli qipiqsimon [[changchi]]lardan tashkil topgan. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib, qarama-qarshi yoki ol-dinma-keyin o‘rnashgan urug‘chibarg va urug‘kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 – 20 mm), ichi-da 1 — 10 dona urug‘ bor. A. mart—may oylarida gullaydi. Mevasi qo‘ng‘ir, ik-kinchi yili (sent. — noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to‘kiladi. A. urug‘ini yaxshi undirish uchun uni yezda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 — 3 yoshli ko‘chati ekiladi. A.ning ko‘pchiligi o‘rta min-taqalarda o‘sadi. Baʼzi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. {{lang|la|''J. semiglobosa''}} (sovur A.), {{lang|la|''J. turkestanica''}} (o‘rik A.), {{lang|la|''J. sabina''}} (qora A.) va {{lang|la|''J. seravschanica''}} (Zarafshon A.) kabi turlari [[O‘rta Osiyo]], xususan [[O‘zbekiston]] [[tog‘lar]]ida tarqalgan bo‘lib, maxsus archazorlarni tashkil qiladi. A.ning xo‘jalikdagi ahamiyati katta. Yog‘ochi meʼmorlikda, o‘ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Baʼzi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida foydala-niladi. Qubbalaridan turli moddalar ([[efir moylari|efir moyi]], qatron, [[qand]], mum va [[organik kislotalar]]) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O‘rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo‘llaniladi.