Gotthold Ephraim Lessing: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: vekifikatsiya, imlo using AWB
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Qator 1:
{{manba}}
 
LESSING (Lessing) Gotxold Efraim (1729.22.1, [[Kamenz]], [[Saksoniya]] — 1781.15.2, [[Braunshveyg]]) — nemis dramaturgi, sanʼat nazariyotchisi, adabiyotshunos, maʼrifatparvar. Nemis mumtoz adabiyetining asoschilaridan biri. Nemis maorifining radikal-demokratik yoʻnalishiga boshchilik qilgan. Pastor oilasida tugʻilgan. [[Leipzig]] (1746—48) va [[Vittenberg]] (1748) universitetlarida taʼlim olgan. L. yozuvchi va jurnalist sifatida mutlaq hokimiyat mafkurasiga qarshi, ilgʻor milliy madaniyat uchun kurashgan. U oʻz umrini oʻtab boʻlgan fransuz klassitsizmi qonun-qoidalariga koʻr-koʻrona rioya etishni tanqid qilib chiqqan. Klassitsizmga qarshi kurashda [[Germaniya]]da birinchi "Sara Sampson xonim" (1755) oilaviy "meshchanlar" dramasini va milliy harakterlari boʻlgan "Minna fon Barnxelm" (1767) komediyasini yozgan. "Emiliya Galotti" (1772) fojiasi L. ijodining choʻqqisidir. Unda feodal knyazlarning zoʻravonliklari qoralanadi. L. publitsistik faoliyatida koʻproq maʼrifatparvarlik masalalariga eʼtibor berdi ("Fossishe saytung" gaz.si bilan hamkorligi, 1751—55; "Teatr kutubxonasi"ning nashr etilishi, 1754—58 va boshqalar). L.ning muhim xizmati sheʼriyatning birinchi asosi sifatida ("Laokoon", 1966) hayotni butun joʻshqinligi bilan va toʻliq aks ettirish haqidagi taʼlimotni olgʻa surganida, realistik teatr va dramaning nazariy tamoyillarini himoya qilganligidadir. L.ning teatr xususidagi qarashlari fransuz maʼrifatparvari [[Didro Deni|Deni Didro]] qarashlariga mos. Ular ikkisi ham teatr va dramaturgiyaning oddiy hamda haqqoniy boʻlishining tarafdori edi. Falsafada L. [[Germaniya]]dagi materialistik anʼanalarning asoschilaridan biridir. 1888—1943 yillarda Berlinda "Lessing-teatr" mavjud boʻlgan.