Surxondaryo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: almashtirish using AWB
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Qator 1:
{{manba}}
 
{{Maʼnolari|Surxondaryo (maʼnolari)}}
'''Surxondaryo''' — [[Surxondaryo viloyati]]dagi dare, [[Amudaryo]]ning oxirgi oʻng irmogʻi. [[Qorovultepa]] qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda [[Toʻpolondaryo]] bilan [[Qoratogʻdaryo]]ning qoʻshilishidan hosil boʻladi. [[Boysuntogʻ|Boysun]] va [[Bobotogʻ]] tizmalari oraligʻidan jan.gʻarb tomon oqib borib, [[Termiz]] sh. yonida Amudaryoga quyiladi. Uz. 175 km (Toʻpolondaryoning boshlanish joyidan esa 297 km), havzasining maydoni 13500 km², togʻli qismi 8230 km². S. havzasi shim.da [[Hisor tizmasi|Hisor togʻ tizmasi]], gʻarb va jan.gʻarbda Boysun togʻlari va sharqda Bobotogʻ bilan chegaralangan, jan.da esa Amudaryo vodiysi bilan qoʻshilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor togʻ tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi oʻrtacha 120 m³/ sek., yillik suv hajmi 3,8 mlrd. m³, shuning 2,7 mlrd. m³ (yoki 70%) Hisor tizmasi yon bagʻirlarida hosil boʻladi. S.ning yirik irmoqlari — Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryo ham Hisor tizmasidan oqib tushadi. S.ga yirik irmoklardan yana [[Sangardakdaryo]] bilan [[Xoʻjaipok]] daryolari qoʻshiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilgʻalar ham bor. Ulardan eng yiriklari [[Vaxshivordaryo]] (24 km), [[Konikon]] (32 km), [[Oqqopchigʻay]] (61 km), [[Okjarsoy]] (51 km) va [[Boysunsoy|Boysun]] (82 km) soylaridir.