Ekologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 10:
 
20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan E.ning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni "ekologiyalashtirish" boshlandi; E. bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi. Hozirgi davrda sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.
 
Ekologiya keng tarmoqli fan bo'lib, 80 dan ortiq fanni o'z ichiga oladi.
 
Oʻzbekistonda E.ning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda.