Moskva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 27:
| tuman xaritasi =
| ichki bolinishi = 12 administrativ okrug
| rahbar turi = Mer <br /> {{lang-ru|Мэр}}
| rahbar = [[Sergey Sobyanin]]
| asos solingan = 1147
Qator 56:
| sayt tili =
}}
'''Moskva''' ({{lang-ru|Москва}}) — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] poytaxti, [[Moskva viloyati]] markazi, federal ahamiyatidagi shahar. [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]]ning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. [[Moskva]]da Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, [[Federal Majlis]], [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, [[Moskva halqa avtomobil yoʻli]]dan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0&nbsp;km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7&nbsp;km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; M. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod.
 
== Geografik joylashishijoylashuvi ==
Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, "etti tepalik" — [[Kreml]], Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan jan.-sharq va SmolenskMoskva qirlarining jan. yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, jan.-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. M.ning markaziy r-nlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va h.k. qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. M. iqlimi moʻʼtadil kontinental. Qishi moʻʼtadil sovuq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650&nbsp;mm (eng kupi iyul— avg .da). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi M. hududida joylashgan.
 
Qator 67:
 
== Iqtisodiyoti ==
[[Файл:Московский международный деловой центр «Москва-Сити» 14.07.2014.jpg|230px|thumb|left|[[ Moskva Siti]]]]
Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sano-atlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (M.da Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. M. — yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO "ZIL", AZLK avtomobil z-di, "Moskva podshipniki" va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi. Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni M.ning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. M.da 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shim. va Jan.) bor. M. 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. M. mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). M.da Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999 yil da 160 stansiya) metropoliteni mavjud. Poytaxtda Rossiya FA, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod i.t. instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 un-t mavjud. Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar — Kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, "Sovremennik", A. I. Raykin nomidagi "Satirikon", S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. M.da "Mosfilm" kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.
 
== Tarixiy va arxitektura yodgorliklari ==
[[Файл:Moscow Bolshoi Theatre 2011.JPG|thumb|right| Katta teatr (2011)]]
[[Файл:Fountain moscow europe square night bird.png|thumb| Evropa maydonidagi fontan]]
Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, [[Kreml]]ning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.