Diplomatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 2 y. → 2 yil, va b. → va boshqa, -a. → -asr using AWB
img
Qator 1:
[[File:Symmetry of Diplomacy.jpg|thumb|Ger van Elk, ''Symmetry of Diplomacy'', 1975, Groninger Museum.]]
'''Diplomatiya''' (frans. — davlatlarning tashqi siyosa,t sohasidagi vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. "Diplomatiya" termini yunon tilidagi "ikki bukilgan qogʻoz" soʻzidan olingan. Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorligʻi yoki hujjat sifatida takdim etilgan. Bu termin hozirgi maʼnoda Gʻarbiy Yevropada 18-asr oxirida rasm boʻlgan. D. davlat tashqi siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va vazifalari D. shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar boʻyicha hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning masʼul xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, diplomatik vakillarga oʻzlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.