Manzura (qoʻshiqchi): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 75:
|-
| „Qalbim seni sogʻinadi“
|-
| „Izla-izla (Esingdami)“ (feat. [[Shahriyor]])
|
|-
Qator 134 ⟶ 131:
|
|-
| rowspan="45"|2010
| „Izla-izla (Esingdami)“ (feat. [[Shahriyor]])
|-
| „Sevginator 2“
|
Qator 226:
|-
|}
 
== Aktrisalik faoliyati ==
Manzura 2000-yilda rejissyor [[Madina Moʻminova]]ning „[[Tohir va Zuhra]]“ musiqiy filmida boshqa kino yulduzlar bilan suratga tushishga taklif etiladi. Yakkaxon faoliyatini omadli boshlagan Manzura, mehnatining samarasini [[2002-yil]]da koʻradi. Aniqrogʻi, aynan shu yili u Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan „Nihol“ davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Xalq eʼtiboriga tushib, mukofot egasiga aylangan har bir sanʼatkor, oʻziga yuklatilgan maʼsuliyatini his qilib, yanada koʻproq ijod qilishga bel bogʻlaydi. Manzura aynan shu yili „Muhabbat sinovlari-1“ filmida suratga tushishga va kartinadagi hamma soundtreklarni kuylashga muvaffaq boʻladi. Rejissyor Rustam Saʼdiyevning filmida yangragan har bir soundtrek qisqa vaqt ichida ommalashdi. Xalq talabiga binoan [[2004-yil]]da, „Muhabbat sinovlari-2“ katta ekranga chiqadi. Ushbu film uchun ham saundtreklarni Manzura kuylaydi. 2005-yilda „Nahotki sen“ filmi tomoshabinlarga taqdim etiladi. Oʻsha paytga kelib soundtreklar malikasiga aylangan Manzura yangi filmdagi barcha qoʻshiqlarni kuylab, ommalashtiradi. Keyin esa „Nahotki sen“ nomli navbatdagi toʻplam ham qisqa vaqt ichida oʻz muhlislarini topadi. [[2006-yil]]da Manzura „Yilning eng yaxshi imidji“ nomonatsiyasida „Tarona“ mukofotini qoʻlga kiritadi. [[2007-yil]]da esa butkul yoʻnalishini oʻzgartira boshlaydi. 2007-yilda Manzurani yangi katta kino kutib turgandi. Endi uni bosh qahramon sifatida texnologik film „Sevginator“ga taklif etishadi. 3 yil davomida [[Oʻzbekiston]]da hizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi [[Munavvara Abdullayeva]]dan aktyorlik mahoratidan saboq olgan Manzura ikkita obraz: robot va oʻqituvchi qiz (Maftuna)ni mahoratli va ishonarli talqin etadi. Rejissyorning qoʻygan talablarini qiyinchilik bilan boʻlsada uddalagan xonanda qoʻliga mikrofon olib qoʻshiq kuylashdan tashqari, yaxshigina aktrisa ekanligini ham isbotladi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan kartina, „Ijodiy parvoz“ kinofestivalida gran-prini qoʻlga kiritadi. [[2010-yil]]da „Sevginator-2“ filmi katta ekranga chiqadi. Unda ham bosh qahramonni Manzura talqin etadi. Soundtreklarni ham oʻzi kuylaydi. Shuningdek, 2010-yilda rejissyor [[Rustam Saʼdiyev]]ning „Men bu men“ filmi ham tomoshabinlar hukmiga havola etiladi. Manzura Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon bilan birga mazkur kartina uchun soundtrek kuylaydi. Bu ikki ijodkorning birinchi dueti edi <ref>[http://muslib.ru/Manzura_b1137564/ Manzura biografiyasi]</ref>.