Qilichbozlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
Qadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi boʻlgan, sport turi sifatida esa 15—16-asrlardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517 yil italiyalik A.Marotssi Q. boʻyicha ilk oʻquv qoʻllanmasini yaratdi. 17-asr oxirlarida Fransiyada qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar oʻtkazildi. 1896 yildan Q. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.1937 yildan Q. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. Q. AQSH, Vengriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarda keng rivojlangan.
== XALQARO QILICHBOZLIK FEDERATSIYASI ==
1913-yil 29-noyabr Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (FIE) tuzildi, unga birinchi bo'lib ta'sischi mamlakatlar Belgiya, Bogemiya(hozirgi nomi Chexiya), Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsariya azo boladilar.Hozirda unaga 120 davlat azo .
== O'ZBEKISTONDA QILICHBOZLIK ==
Oʻzbekistonda Qilichbozlik sport turi sifatida 20-asrning 50-yillaridan ommalashdi.O'zbekiston mustaqillika erishgandan so'ng azo boladi.''1998-yil 6-noyabrdan O'zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Prizdenti etib OLIMPIYA O'yinlari kumush medal sohibi Ro'ziyev Sobirjon Sobitovich saylanadi''. 1954 yildan Q. boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Respublikada Q.ning rivojlanishida Kseniya tojiyeva, Iosif Markin, Dmitriy Itsenko, Poʻlat Abdurazzoqov, Igor Artishkin, Shavkat Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishdi. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistondagi 13 ta Q.ka ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va toʻgaraklarda 46 nafar murabbiy qoʻl ostida 648 kishi (189 nafari ayol) Q. bilan shugʻullanadi (2005).