Mustafo Choʻqay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
k Vikifikatsiya qildim.
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Mustafa Shokay in youth (cropped).jpg|thumb]]
'''Mustafo Shoʻqay''' (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumatining Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912 yilv.e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangʻich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg untining huquq fakultetini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari boʻyicha kotib boʻlib ishladi (1917 yil fevralgacha). Keyinchalik Muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchiligidagi komissiya tarkibida Turkistonda boʻddi. 1917 yil aprelda Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida boʻldi. Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Shoʻrosi raisi, „Birlik tugʻi“ (qozoqcha) gaz.ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917—18), Bosh vazir (1918 yil yanvar dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M.Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashirindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun „Yangi dunyo“, „Shafaq“ gaz.larini chiqardi. 1919 yil fevralda u Yevropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qoʻllab-quvvatlashga, bolshevikcha rejimni agʻdarishgachaqirdi. Mustafo Choʻqay muhojirlikda yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari bilan qatnashib turdi. Jumladan, „Turkistondagi milliy kurash“ (Parij, 1923) maqolasida oʻlkaning mustaqillik yoʻlidagi vazi-falarini koʻrsatib berdi. „Turkistondagi bosmachilik harakati“ (London, 1928) asarida bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini taʼkidladi.