Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 35:
== Tarixi ==
[[Fayl:Afghani Pulao.JPG|thumb|right|Afgʻoncha palov]]
Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, palovning tayyorlashtayyorlanish uslubi eramizdan avvalgi II—III- asrlarda qadimgi [[Yaqin Sharq]], [[Oʻrta Osiyo]] va [[Hindiston yarim oroli]]da tashkil topib kelgan. Aynan oʻsha paytda [[Osiyo]]da [[guruch]] yetishtirish ishi rivojlanishni boshlagan. Undan ancha oldin qadimgi Xitoy va Yaponiyada guruch yetishtirish rivojlanish choʻqqisiga erishgan, biroq ularning guruch tayyorlash uslubi palovni tayyorlash uslubidan keskin farq qilgani bois tadqiqotchilar va olimlar palovniningpalovning qadimgi vatani deb aynan Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolini koʻrsatishadi. Qadimda Hindiston yarim orolida guruchni qaynatish va dimlash uslubi boshlangan. Keyinroq qadimgi Forslar yurtida unga goʻsht va boshqa masalliqlar qoʻshilishni boshlagan. Olimlar shu tarzda palov dunyoga kelgan deb bilishadi.
 
Qadimgi arab va fors adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri, [[Ming bir kecha]] asarida va IX—X- asrlarning qoʻlyozmalarida palovning bayramona taomligi haqida maʼlumotlar berilgan. Masalan, ularning baʼzilarida palov — ''pilav'', ''pilaf'' deb nomlangan. Tadqiqotchilar fikricha, Yaqin ShahrqdaSharqda paydo boʻlib, muayyan rivojlanishga erishganidan soʻng, ushbu taom Oʻrta Osiyoda yanada koʻproq rivojlanishga erishgan va ushbu xalqlarning palov tayyorlash uslubi va ishlatgan masalliqlari palovning hozirgi davrdagi koʻrinishga olib kelishga katta hissa qoʻshgan.
 
Hozirgi paytda palov [[Oʻrta Osiyo]], [[Kavkaz]], [[Yaqin Sharq]] va [[Turkiya]]da juda ommabop va tansiq taom hisoblanadi. Ushbu oʻlka va mamlakatlardan tashqari, [[Sharqiy Yevropa]] va [[Bolqon yarim oroli]]ning baʼzi joylarida palovning har- xil turlari tayyorlanadi va sevib isteʼmol qilinadi.
 
Gʻarbiy [[Yevropa]]da palov haqidagi birinchi maʼlumotlar XVII- asrning oxirlarida yetib borgan. Turkiyaga yuborilgan Fransiya elchilari oʻz yurtlariga qaytib ketganlaridan soʻng palov haqida yurtdoshlariga va qirolga juda yaxshi maʼlumotlarni berishgan. Shundan soʻng ushbu taom haqida Gʻarbiy Yevropada unutishgan va faqat XIX- asrda palov retsepti [[Suvaysh kanali]] quruvchilari tomonidan Yevropaga qayta olib kirilgan.
 
Hozirga kelib palov [[Yevropa]], [[Rossiya]], [[AQSh|AQSH]] va [[Kanada]]ning qariyb barcha shaharlarida tarqalgan. Muxojirlar tayyorlaydigan oddiy tamaddixonadan tortib, milliy taomlar restoranlarida ham palov tayyorlanadi.