Inomjon Usmonxoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
+photo
Qator 1:
{{manba}}
[[Fayl:Inomjon Usmonxo‘jayev - Soviet Life, October 1984.jpg|thumb]]
 
'''Usmonxoʻjayev Inomjon Buzrukovich''' (1930.21.5, [[Bagʻdod tumani]]) — partiya arbobi. [[Oʻrta Osiyo politexnika instituti]]ning [[arxitektura]] fakultetini tugatgan ([[1955]]). Margʻilon shahar bosh meʼmori (1959), [[Fargʻona viloyati]] partiya komiteti instruktori (1960), Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi boshqarma boshligʻi (1961), Fargʻona shahar ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—64), [[Sirdaryo viloyati]] partiya komiteti kotibi (1965-69), [[KPSS]] MK instruktori (1969—72), [[Namangan viloyati]] ijroiya qoʻmitasi raisi (1972—74), [[Andijon viloyati]] partiya komiteti 1-kotibi (197478), [[Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti]] Prezidiumi raisi (1978—83). Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1983—88). U respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qatʼiyatsizligi va jurʼatsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984—88 yillarda Oʻzbekistonning koʻplab xoʻjalik va partiya arboblarini "[[paxta ishi]]" va "[[oʻzbeklar ishi]]" degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatagʻon qilinishiga, xalqning milliy gʻururi va qadriyatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyib berdi.