Xudoyberdi Toʻxtaboyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k removed Category:Adabiyot using HotCat
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Adib
| Ism = Xudoyberdi To'xtaboyevToʻxtaboyev
| Ism (oz tilida) =
| Surat =
Qator 10:
| Yonalish =
| Janr = Sarguzasht, tarixiy asarlar
| Magnum opus = "[[Sariq devni minib]]", "[[Sariq devning o'limi]]", "[[Qasoskorning oltin boshi]]", "[[Mungli ko'zlar]]"
}}
'''Xudoyberdi Toʻxtaboyev''' (1932.17.12, Oʻzbekiston tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon ped. bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gaz.da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 62), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—70) gaz., „Guliston“ jur. da (1970—72), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 76), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jur.larida bosh muharrir (1977— 80), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn 20-a. 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bn Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. T. asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. T. oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
'''Xudoyberdi Toʻxtaboyev''' — oʻzbek yozuvchisi. [[Farg'ona viloyati]]ning [[Katta Tagob]] qishlogʻida 1932-yil 17-dekabrda tugʻilgan. 1949-yilda [[Qo'qon]] pedagogika bilim yurtini, 1955-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi [[Oʻzbekiston Milliy universiteti]])ni bitirgan. Ish faoliyatini Fargʻona viloyati tumanlaridagi maktablarda oʻqituvchilikdan boshlab, keyinchalik ilmiy boʻlim mudiri, maktab direktori boʻlib ishlagan. 1958-yilda oʻz jurnalistik faoliyatini boshlagan ijodkor 300 dan ortiq felyetonlarini eʼlon qilgan. Qator nashriyot va jurnallarda faoliyat koʻrsatgan.
 
1958-yilda badiiy ijodga kirib kelgan ijodkorning „Omonboy va Davronboy“, „[[Sariq Devni Minib]]“, „[[Sariq Devning O'limi]]“, „Qasoskorning Oltin Boshi“, „Yillar va Yoʻllar“, „Sehrgarlar Jangi yohud Shirin Qovunlar Mamlakati“, „Janatti Odamlar“, va boshqa kitoblari bugun barcha yoshdagi kitobxonlar sevib oʻqiydi.
 
Sevimli bolalar yozuvchisi 1982-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi, 1989-yili Oʻzbekiston Davlat mukofotining sovrindori, 1991-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi kabi unvonlar bilan taqdirlangan. Asarlari rus, ingliz, fransuz tillariga tarjima qilinib, dunyoning 28ta mamlakatida nashr etilgan.
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]