Xudoyberdi Toʻxtaboyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
| Magnum opus = „[[Sariq devni minib]]“, „[[Mungli ko'zlar]]“
}}
'''Xudoyberdi Toʻxtaboyev''' (1932.17.12, Oʻzbekiston tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon ped. bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gaz.da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 62), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—70) gaz., „Guliston“ jur. da (1970—72), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 76), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jur.larida bosh muharrir (1977— 80), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn 20-a. 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bn Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli„[[Mungli koʻzlar“koʻzlar]]“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. T. asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. T. oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]
[[Turkum:O’zbek adiblari]]
 
 
{{bio-stub}}