Yadro portlashi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Ya. p. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Ya.p. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5) using AWB |
+interwiki, +rasm. |
||
Qator 2:
YA.p. havoda, yer ustida, yer ostida, suv ustida va suv ostida amalga oshirilishi mumkin. Havoda Yadro portlashi yadro qurollarining quvvatiga qarab 100 m dan bir necha km gacha balandlikda boʻlib, zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi va singuvchi radiatsiya orqali shikast yetkazadi. Yer ustida Yadro portlashida shamol yoʻnalishi boʻylab tarqalgan radioaktiv bulutlar joylarni kuchli radioaktivzaharlaydi. Yer ostida Yadro portlashi davrida koʻp miqdordagi tuproq bir necha km yuqoriga otiladi. Asosiy shikastlantiruvchi omil yerda tarqaladigan qisilgan toʻlqindan iborat. Yerdagi seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi tuproq tarkibiga qarab 5–10 km/sek boʻlishi mumkin. Suv yuzasida Yadro portlashining shikastlantiruvchi omillari: havodagi zarb toʻlqin va suv yuzasida vujudga keladigan toʻlqinlardan iborat. Suv ostida amalga oshirilgan Yadro portlashining shikastlovchi omili: suvda tarqalish tezligi oʻrtacha 1500 m/sek boʻlgan zarb toʻlqinidan iborat. Bu zarb toʻlqinlari kemalarning suv osti qismlarini va turli gidrotexnika inshootlarini shikastlantiradi.
[[Fayl:Bomba atomica.gif|thumb|Yadro portlashi]]
YA.p.ning shikastlantiruvchi omillari bir vaqtda taʼsir qilsada, portlash markaziga yaqin masofadagi kishilarda kontuziya, kuyish, singuvchi radiatsiya va radioaktiv moddalardan shikastlanish ogʻirroq boʻladi.
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|