Feʼl-atvor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: F.a. → {{subst:FULLPAGENAME}} (9), va b.) → va boshqalar) (4) using AWB
+interwiki
Qator 2:
'''Feʼl-atvor''', xarakter — shaxsning atrof muhitga va oʻzoʻziga munosabatida namoyon boʻladigan individual xususiyati. Har bir kishining Feʼl-atvorida uning bosib oʻtgan hayot yoʻli aks etadi. Kishining Feʼl-atvorini bilib, maʼlum vaziyatda oʻzini qanday tutishini oldindan koʻrish va uning xattiharakatini toʻgʻri yoʻnaltirish mumkin. Feʼl-atvor xususiyatlarining 4 ta tizimi bor: 1) ayrim insonga, guruhga, jamoaga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik qilish, talabchanlik va boshqalar); 2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mehnatga masʼuliyat yoki masʼuliyatsizlik bilan munosabatda boʻlish va boshqalar); 3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayash yoki ularga ehtiyotsizlik bilan yondashish va boshqalar); 4) insonning oʻzoʻziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzatnafelilik, shuhratparastlik, dimogʻdorlik, kamtarlik va boshqalar). Feʼl-atvorning xususiyatlari tugʻma va oʻzgarmaydigan xususiyatlar emas, u insonning turmush sharoitlariga bogʻliq holda tarkib topib, oʻzgarib boradi, takom illashadi. Feʼl-atvorning shakllanishida bir necha turli ruhiy taʼsirlar mavjud boʻlib, ularning ichida odat muhim ahamiyat kasb etadi. Feʼl-atvor umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Mas, oʻzbek millatining oʻziga xos milliy Feʼl-atvor xislatlari mavjud. Feʼl-atvor sifatlari turmush jarayonida tarbiya, mexnat va ijtimoiy sharoit taʼsiri bilan maʼlum darajada oʻzgaradi. Uni yaxshi tomonga oʻzgartirishda axloqning ijtimoiy meʼyorlarini oʻzlashtirish, oʻzoʻzini tarbiyalash ham katta ahamiyatga ega. Feʼl-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning taʼsiri ayniqsa kuchli.
 
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->