Bahrayn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Bahrayn_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bahrayn''' (البحرين‎‎) Davlati (مملكة البحرين, ''Davlat al-Bahrayn'') — Janubi-g‘arbiy Osiyoda, Fors qo‘ltig‘ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili — [[arab tili]]. Maydoni 695,2&nbsp;km<sup>2</sup>, aholisi 1 234 571 kishi (2011). Asosiy aholisi [[arablar]]. Shuningdek [[forslar]], pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti — [[Manama]] shahri.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 21:
 
== Xo‘jaligi ==
[[Iqtisodiyot]]ning asosini [[neft]] va [[gaz]] zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2—2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjetm daromadining 70 % ga yaqini neft tufayli taʼminlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi (asosan, [[Saudiya Arabistoni]] nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema taʼmirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va o‘rta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yigiladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: [[Manama]], [[Al-Maharraq]], [[Al-Hidd]]. Qihsloq xoʻjaligi suyet rivojlangan. Yalpi milliy mahsulotning 1 % uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini koʻpaytirish maqsadida sayyohlikni ri-vojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yoʻllari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bogʻlaydi. Ularning uz. 2,6 ming km. Muharrak o.da xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari — Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mi-jozlari — [[Saudiya Arabistoni]], [[Buyuk Britaniya]], AQSh[[AQSH]], [[Yaponiya]], [[Germaniya]], [[Avstraliya]]. Pul birligi — Bahrayn dinori.
 
== Madaniyati ==