Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 72:
14-a. oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalqharakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar qoʻztloni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. 14-a. oxiri va 15-a.da S.ningiqgisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida S. jahonga mashhur boʻldi. Bu davrda S. koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. S.da koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, S jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405)dan soʻng S. taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida S.da qurilishlar avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 15-a. oxirida S.ni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 y. Shayboniyxon S.ni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-a. oʻrtalarigacha S. Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqgdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibqda boʻlib keddi. 1723— 30 yillarda qozokdar bosqini davrida katta talofat koʻrdi. 1740—47 ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. 17-a.ning 1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiyzamindorlarining yirik vakili Yalangtoʻsh Bahodir S. hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa S. Buxoro amirligiga itoat qilgan.
 
=== Yangi davr paytidagi tarixi ===
1868 y. 1 mayda S. yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshosi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiqjang boʻldi. S. aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2 mayda egalladilar. Keyinchalik S. va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli r-nlar ham qoʻshildi. 1886 y. Zarafshon okrugi S. viloyatiga aylantirildi. S. uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi. 20-a. boshiga kelib S.dagi korxonalar, t.y. ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917 y. 5 dek.da S.da hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918 y. 11 apr.da S.da shoʻrolarning viloyat sʼyezdi boʻlib, sʼyezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 yillarda S. Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991 y. Oʻzbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, S. respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.