Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 75:
1868 y. 1 mayda S. yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshosi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiqjang boʻldi. S. aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2 mayda egalladilar. Keyinchalik S. va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli r-nlar ham qoʻshildi. 1886 y. Zarafshon okrugi S. viloyatiga aylantirildi. S. uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi. 20-a. boshiga kelib S.dagi korxonalar, t.y. ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917 y. 5 dek.da S.da hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918 y. 11 apr.da S.da shoʻrolarning viloyat sʼyezdi boʻlib, sʼyezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 yillarda S. Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991 y. Oʻzbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, S. respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.
 
==== Yangi davrda Samarqand oʻrganilishi va tadqiqi ====
S.ni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-a.ning oxirlarida boshlangan edi. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Barsholdshsht tashabbusi bilan tuzilgan „Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi“ aʼzolari S.dagi Afrosiyobni koʻp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koʻlamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiypar oʻtkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin S. chekkasida joylashgan Ulugʻbek rasadxonasining oʻrnini aniqladi va qazish ishlarini oʻtkazdi. Natijada rasadxona harobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Oʻsha davrdan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V.L.Vyatkin, 1912 y. M.Ye.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 yillarda S 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.