Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 84:
S. bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi i.ch., kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi. S.da qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. „Soʻzangaron“ (igna tayyorlovchilar), „Kamongaron“ (oʻqyoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha yetib kelgan.
 
=== Samarqand Rossiya imperiyasida ===
1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda S. baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.