Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 89:
S.ning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871 yilda boshlandi. Oʻsha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara kilinib va sotib olinib, ofitserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga „Soldatskaya slobodka“ deb ataluvchi shim.gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo z-dlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash z-dida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan. S. — aholisining soni va sanoatining koʻlami boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinlardan birida. 1930y. larda pillakashlik va shoyi toʻqish f-kalari, meva konserva z-di, choy qadoqlash f-kasi qurildi. 1940—70 yillarda S.da „Krasniy dvigatel“, „Kinap“, tamakifermentatsiya z-dlari, yigiruv f-kasi, superfosfat z-di, poyabzal va tikuvchilik f-kalari, uysozlik k-ti, chinni z-di va boshqa korxonalar qurib ishga tushirildi.
 
=== Shahar shoʻro paytida ===
Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, haroba holiga kelib qoldi.