Samarqand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 100:
Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan—Amerika—Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. S.da 25 dan ortiq yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003 y. 30 dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.
 
=== Turizm va tadqiqotlar ===
S. qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982 yilda S.ning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va 19—20-a.larda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.