Shahrisabz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, imlo, replaced: <references/> → {{Manbalar}} using AWB
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 60:
'''Shahrisabz''' — Qashqadaryo viloyatidagi shahar. Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi (1926 yildan). Kitob—Shahrisabz vohasida. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Sh. jan.dan Tanxozdaryo, shim.dan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Urtacha bal. 658 m. Aholisi 90 ming kishi (2004). Sh. Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga mil. av. 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. Sh.mil. boshlarida va ilk oʻrta asrlarda turli nomlar bilan atalgan (q. [[Kesh]]). 13-asrdan Sh. nomi ham urf boʻlgan.
 
== Tarixi ==
Moʻgʻullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351 yilda zarb etilgan kumush tangalarda "Shahrisabz" nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr) shahar toʻgʻrisida: "Shahrisabz, uni turkiylar [[Kesh]] deb ataydilar" deb yozgan. Sh. yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududi)da Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Sh. oʻsha davrda "Qubbatulilm valadab" nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo Gʻolib kabi allomalarning otabobolari shahrida tugʻilgan.