Shahrisabz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 68:
Amir Temur va Temuriylar davrida Sh. ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarinint yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dor ussiyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qalʼa devori bilanoʻrabolingan. Ispaniya elchisi Klavixo oʻz qundaligida shahrida koʻplab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini taʼkidlaydi. Keyinroq ham koʻplab meʼmoriy obidalar (Dor uttilovat majmuasi, Koʻk gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda koʻhna devor (bandi qadim) boʻlganligi, biroq u 15-asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. Oʻsha paytda shahrining 4 darvozasi: Ark (shim.), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (gʻarbiy), Termiz (jan.) darvozalari boʻlgan.
 
==== Amir Temur davridan soʻng oʻrta asrlardagi tarixi ====
1556 yilda shahrini Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Sh. Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida boʻlib kelgan. 16-asr oʻrtalarida ham Sh. mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan edi.