Samarqand iqtisodiyot va servis instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: in-t → institut (4), y. → yil using AWB
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 33:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Samarqand iqtisodiyot va servis instituti''' - xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti va uni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 martdagi "Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori bilan Samarqand kooperativ instituti negizida tashkil etilgan (mazkur institut 1931 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan; 1935 yilda Samarqand shahriga koʻchirilgan). Institutda menejment va marketing masalalari boʻyicha ixtisoslashgan iqtisodiyot; xalqaro turizm, turizm menejmenti, turizm boʻyicha operatorlik xizmatlari biznesi; xizmat koʻrsatish sohasi tarmoklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish; moliya; bank va sugʻurta xizmatlari sohasini tashkil etish va boshqarish boʻyicha yuqori malakali bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi, sohaga oid ilmchy tadqiqot ishlarini olib boradi, ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalarini bajaradi.
 
Institut yoʻnalishi boʻyicha dissertatsiyalarda asosiy soha mutaxassislariga doir dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>