Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 2A02:E841:1001:D8:D052:C518:3795:36B4 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Qator 114:
16-a. 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. R.da yevropacha shakldagi drama teatri 17-a. oxirida paydo boʻddi. 1703 y. qirol Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-a. boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva un-ti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776 y. Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780 y. Petr teatri, 1776 y. Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824 y. Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832 y. Peterburgda Aleksandr (hozirgi Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
 
1812 y. Vatan urushidan keyin rus sahnasida U. Shekspir, F. Shiller, D. Fonvizin, V. Kapnist, I. Krilov, V. Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini A.Griboyedov, N. Gogol, A. Pushkin, A. Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 y. K.S.Stanislavskiy bilan V.I.NemirovichDanchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-a. boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar [https://uz.enrabota.ru/vacancies ish] boshladi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-yillar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. 2-jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
 
50-yillar oxiri — 80-yillarda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. F.M.Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, J.B.Molyer pyesalari bilan bir qatorda B.L.Vasilyev, F.A.Abramov, V.M.Shukshin, V.N.Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-yillarda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yu. P. Lyubimov, G.A. Tovstonogov, L.Ye.Xeyfets, R. Simonov, P.O.Xomskiy, Yu.I.Yeryomin kabi rej.lar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan — Yu.K.Borisova, K.Yu.Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va boshqa teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. R.da opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Ye. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va boshqa teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar R. teatr sanʼati akademiyasi, B.Shchukin nomidagi, M. Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.