Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
k Uxlashim kerak. Ertaga davom ettirarman.
Bek98 (munozara | hissa)
Qo'shimchalar kiritdim.
Qator 43:
''Primordial etnik millatchilik'' millat umumiy haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan kelib chiqishga asoslangan, deb taʼkidlaydi. Millatga mansublik maʼlum [[Genetika|genetik]] faktoralar (qon) bilan aniqlanadi. Ushbu shaklining tarafdorlari milliy oʻzini oʻzi taʼriflash qadimgi etnik tomirlarga ega va shuning uchun tabiiy tus olgan, deb hisoblaydilar. Ular etnik koʻpchilik madaniyatining boshqa guruhlardan izolyatsiyasini yoqlashadi va [[Assimilyatsiya (etnografiya)|assimilyatsiyan]]<nowiki/>i maʼqullashmaydi.
 
'''Keskin millatchilik''' koʻpincha [[ekstremizm]] bilan bogʻlanadi va ichki yoki xalqaro nizolarga olib keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda keskin millatchilik rasmiy tarzda ijtimoiy xavfli hodisa deb taʼn olinadi. Radikal davlat millatchiligi [[fashizm]] va natsizm asoslarini tashkil etadi. Koʻp etnik millatchilar milliy ustunlik ([[shovinizm]]) hamda madaniy va diniy toqatsizlik gʻoyalarini qoʻllashadi (ksenofobiya). [[Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi]] va [[Irqiy diskriminatsiyasining hamma shakllarini yoʻqotish haqidagi konvensiya]] kabi hujjatlarda etnik [[diskriminatsiya]] (kamsitilish) qoralanadi va qonungqonunga zid deb eʼlon qilingan.
 
== Millat ==
''Asosiy maqola: [[Millat]]''
 
Millatchilik millatni berilgan inʼom sifatida koʻradi, lekin shu bilan birga bilan birga millat nima degan tushunchani oʻzida mujassam etadi. Millat gʻoyasi avloddan avlodga oʻtib keladigan tarix tuygʻusi, xotiralar va anʼanalarga tayanadi. Uning vavjudligi qadimgi etnosning bosh davomi sifatida koʻriladi yoki unga asos solingan maʼlum bir tarixiy voqeaga bogʻlanadi.<ref>Calhoun C. Nationalism and ethnicity // Annu. Rev. Sociol. 1993. Vol. 19. P. 211. [http://www.columbia.edu/itc/sipa/U6800/readings-sm/calhoun.pdf <nowiki>[3]</nowiki>]</ref>
 
Amalda millat — bu oʻzligini anglagan odamlarning maʼlum bir hududga tarixiy bogʻliqligi natijasida yuzaga kelgan madaniy va siyosiy oʻzlikni anglashga asosalangan hamjamiyati. <ref>''Penrose J.'' [http://users.telenet.be/vze/bachelorpaper/Artikels/Penrose%28J.%29.%20Nations,%20states%20and%20homelands.pdf Nations, states and homelands: territory and territoriality in nationalist thought] (angl.) // Nations and Nationalism. 2002. Vol. 8, No. 3. P. 277. <nowiki/>[[Идентификатор цифрового объекта|DOI]]:[[doi:10.1111/1469-8219.00051|10.1111/1469-8219.00051]]</ref> Boshqa tomondan, bu hamjamiyat tasavvuriy: uning har bir aʼzosi oʻzida uning koʻrinishini mujassam etadi, uning chegaralarini tasavvur qiladi, oʻzida uning birodarlik aloqalarini sezadi va uning oliy iqtidoriga ishonchi komil. Inson oʻz hayotini minglab oʻzi koʻrmagan va htch qachon koʻrmaydigan vatandoshlarining hayotiga parallel boʻlgan umumiy yoʻl trayektoriyasi sifatida tasavvur qiladi.<ref>Anderson B., 2001</ref> Shu bilan birga, millatni tashkil etadigan odamlar umumiy simpatiyalarga ega, oʻzini umumiy faoliyatga bagʻishlaydi, bir hokimiyat ostida boʻlishni va bu hokimiyat ularning vakillaridan iborat boʻlishini istaydilar.<ref>''[[Милль, Джон Стюарт|Mill Dj. St.]]'' Gl. XVI //[http://www.sotsium.ru/books/103/103/mill_represantative%20government%20chVIII-XVIII.html#xgl18 Rassujdeniya o predstavitelnom pravlenii]. — M.: Sotsium, 2006. — 416 s. — <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5901901576|ISBN 5-901901-57-6]].</ref>
 
== Manbalar ==