Afgʻoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Uzbabdumalikjan tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
"Evstafiev-afghan-apc-passes-russian.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan INeverCry Per c:Commons:Deletion requests/File:Evstafiev-afghan-apc-passes-russian.jpg tufayli oʻchirgan edi.
Qator 470:
== Tarixi ==
[[File:Evstafiev-40th army HQ-Amin-palace-Kabul.jpg|thumb|300px]]
 
[[File:Evstafiev-afghan-apc-passes-russian.jpg|thumb|300px]]
Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida [[Axomaniylar]], [[Salavkiylar]], [[Arab xalifaligi]], [[G`aznaviylar]], [[Moʻgʻullar]], [[Temuriylar]], [[Boburiylar]], [[Safaviylar]] hukmronligi ostida boʻlgan. [[1747-yil]]da [[Ahmadshoh Durroniy]] [[Xuroson]], [[Seiston]], [[Sind]], [[Balujiston]], [[Panjob]], [[Kashmir]] va [[Balxni]], shuningdek [[Amudaryo]]ning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u [[1818-yil]]da bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. [[1825-yil]]da Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). [[Angliya]] Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin [[1879-yil]]da tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. [[Birinchi Jahon urushi]]da Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923 yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. [[1933-yil]] taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. [[2 - Jahon urushi]] davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). [[1973-yil]] 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda [[1978-yil]]ning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, [[1987-yil]]dan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U [[1979-yil]] 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. [[1978-yil]] aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining [[1979-yil]] 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. [[1992-yil]] aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „[[Tolibon]]“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. [[1996-yil]] 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. [[1996-yil]] 10-oktyabrda mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shim.dagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. [[1997-yil]] iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. [[1997-yil]] oktyabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: [[Pokiston]], [[Saudiya Arabiston]]i va [[Birlashgan Arab Amirligi|Birlashgan Arab Amirlik]]lari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. [[BMT]] da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi<ref name=" Arlacchi">[http://rian.ru/defense_safety/20100607/243451823.html Deputat Yevroparlamenta Pino Arlakki (Pino Arlacchi): Segodnya imenno Rossiya i strani YeS yavlyayutsya glavnimi jertvami geroina, postupayuщego iz Afganistana]</ref>.