Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 70:
Oʻzining [http://lib.ru/FILOSOF/RUSSO/prawo.txt „Jamoat kelishuvi haqida“] (1762 y.) risolasida [[Russo Jan Jak|Jan-Jak Russo]] davlatning yerlari „aholini boqish uchun yetarli“ boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Keyinchalik bu fikr davlat chegaralari millat uchun kerakli moddiy zaxiralar bilan belgilanishi kerak degan iddaoni keltirib chiqardi. Masaln, [[F. Ratsel]] davlatlar oʻsmasa, ular oʻladi, deb taʼkidlagan. Bu bilan u davom etgan [[Yevropa|Ovrupo]] qudratli davlatlarining Afrikadagi [[Kolonializm|kolonial]] [[Ekspansiya|ekspansiyasi]] ostiga nazariy asos keltirgandi. Shunga oʻxshash qarashlarga [[Helford Makinder]] ega boʻlgan.
 
1899 y. geograf R. [[Chellen]] geosiyosat tushunchasini amalga tadbiq etdi, va uni keyinchalik K. [[Haushofer]] rivojlantirdi. [[Geosiyosat]] deganda davlat faoliyatini qoʻllab-quvatlash va uning siyosatini yoʻnaltirish uchun [[Jo'g'rofiya|joʻgʻrofiy]] bilimlarni oʻrganadigan fan tushunilgandi<ref name=":2">''Penrose J.'' [http://users.telenet.be/vze/bachelorpaper/Artikels/Penrose%28J.%29.%20Nations,%20states%20and%20homelands.pdf Nations, states and homelands: territory and territoriality in nationalist thought] (angl.) // Nations and Nationalism. 2002. Vol. 8, No. 3. P. 277. <nowiki/>[[Идентификатор цифрового объекта|DOI]]:[[doi:10.1111/1469-8219.00051|10.1111/1469-8219.00051]]</ref>. Geosiyosat kolonializm va [[Natsional-sotsializm|natsional-sotsializmn]]<nowiki/>i (natsizm) oqlash uchun xizmat qilgani bois, [[Ikkinchi jahon urushi|Ikinchi jahon]] urushidan keyin bu nazariya [[diskreditatsiya]] qilingandi.
 
== Tarixi ==
Millatchilik [[Yangi tarix|yangi]] tarix mahsuli sanaladi<ref>[http://search.eb.com/eb/article-9117287 Nationalism] // <nowiki/>[[Британская энциклопедия]] / Ed. Kohn H. — Chicago: Encyclopædia Britannica, 2007. Sm. takje ''Pathak B.'', ''Singh S. P.'' ''[http://books.google.com/books?id=MPMkaHfHLRgC&pg=PA81 Glimpses of Europe, Ch. 3. The origin and growth of nation-states in Europe]'' v <nowiki/>[[Google Книги|Google Knigax]]</ref>. Tarix davomida odamlar ona yeriga bogʻliqlikni his etishgan va mahalliy hokimiyatni qoʻllab-quvatlagan. Lekin siyosiy va madaniy hodisalarning koʻpchiligi yangi tarixdan oldin milliy emas, balki universal tusga ega edi.
 
Millatchilikning eng birinchi oʻzini namoyon qilishi Angliyadagi [[Shonli inqilob|Shonli]] inqilob boʻldi. Millatchilikning qaʼd rostlashi liberalizmning paydo boʻlishiga toʻgʻri keldi, va uzoq vaqt ikkala gʻoya bir biri bilan bogʻliqlikda rivojlandi. Millatchilikning yorqin namunasi Yangi Dunyo elitalarining ispan kolonializmiga qarshi kurashi boʻldi<ref>''[[Андерсон, Бенедикт|Anderson B.]]'' <nowiki/>[[Воображаемые сообщества. Размышления об истоках и распространении национализма]]. — M.: Kanon-Press-Ts, 2001. — 320 s. — <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5933540173|ISBN 5-93354-017-3]].</ref>. Lekin eng kuchli tebranishlarga Amerika va Fransiyadagi inqiloblar aylandi. 1815-y. kelib millatchilik dunyodagi yetakchi gʻoyalardan biri edi. U kapitalistik siyosatga oʻtish davrida jamiyatning safarbarligini taʼminlay oldi, bu esa milliy davlatlarning samaraliligiga va ularning iqtisodiy qudratiga olib keldi<ref name=":2" />.
 
Agar XVIII asr oxiri Fransiya va AQSHda millatchilik asosan fuqaroviy boʻlgan boʻlsa, markaziy va sharqiy Ovruponing koʻpchilik mamlakatlarida u fransuz okkupatsiyasiga javob sifatida yuzaga keldi va boshida etnik tusga ega edi. Masalan, Germaniyaning birlashuvi va Elzas-Lotaringiyaning anneksiyasi pangermanizm asnosida amalga oshirildi. XIX asrning 2-yarmida millatchilik Avstro-Vengriya, Rossiya va Usmonli imperiyalarining yaxlitligini yemira boshladi va ular Birinchi jahon urushidan keyin qulashdi. XX asr boshida u Afrika va Osiyada gulladi, bu esa fransuz va britan imperiyachiligi bilan kurashni shiddatlashtirdi va natijada kolonial tizimning qulashiga olib keldi.
 
== Manbalar ==