Evril Turon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
Har ehtimolga qarshi saqlab qo'yay. Tahrir davom etmoqda.
(Farq yoʻq)

10-Iyul 2016, 16:36 dagi koʻrinishi

Evril Turon (haqiqiy ism-sharifi Mamadali Mahmudov, 1940-yil 12-dekabr, Jizzax viloyati, Forish tumani, Bog'don qishlog'i) - o'zbek yozuvchisi va O'zbekiston madaniyat forumining sobiq raisi. 1981-yilda yozilgan "O'lmas qoyalar" romani bilan mashhur.

Tarjimai holi

Mamadali Mahmudov 1940-yilning 12-dekabrida Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Bog'don qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Mahmud Ahmad o‘g‘li Tog‘ begisi (Tog‘dagi o‘rmon va hayvonlarga qarovchi) 1943 yilda urushga ketib, bedarak ketgan. Onasi Saodat opa bitta farzand bilan qolgan. Yozuvchining hikoya qilishicha, sho‘rolarga qarshi qurolli kurashda ishtirok etgan bobosi Ahmad Bek 1936 yilda osib o‘ldirilgan.

Mamadali Mahmudov boshlang‘ich sinfda Bog‘don qishlog‘i, 8 sinfgacha Oltinkon shaharchasidagi maktablarda tahsil olgan.1959 yilda Sovet Armiyasiga ketib, 3 yil harbiy xizmatni o‘tagan.

1962 yilda komsomol yo‘llanmasi bilan Rossiyaning Tula viloyati, Efremov shahriga kimyo kombinati qurilishiga yo‘llangan. Voronej shahrida kimyo-mashina qurilishi kursini bitirgan.

1964 yilda Chirchiq shahridagi kimyo kombinatiga ishga kirib, mashinist yordamchisi va mashinist bo‘lib ishlagan. Bir vaqtning o‘zida kechki yoshlar maktabida, 10 va 11-sinflarda tahsil olgan.

1966 yilda Toshkent Davlat Universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirgan. So‘nggi kurslarni sirtdan o‘qib, “Saodat” jurnalida ishlagan.

1974 yilda birinchi kitobi – “Tog‘ ohusi” ocherklar to‘plami nashr qilingan.

1975 yilda chop etilgan “Bog‘don qashqiri” qissasida yozuvchi birinchi marta bosmachilik harakati ishtirokchilarini milliy-ozodlik kurashchilari sifatida tasvirlagan. Adib o‘zining 1981 yilda “Sharq Yulduzi” jurnalida chop etilgan “O‘lmas qoyalar” romanida ayni mavzuni davom ettirib, O‘rta Osiyoga rus bosqinini qoralaydi. Moskvadagi muhokamalar ortidan taqiqlangan roman Turkiya va g‘arbiy Olmoniya jurnallarida chop etiladi[1].

Yozuvchilar uyushmasidagi maslahatchilik lavozimidan ishdan olinib, KGB tomonidan so‘roq qilingan Mamadali Mahmudovni, o‘zining aytishicha, o‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov qamoqdan asrab qolgan.

Asar to‘laligicha faqat mustaqillikdan so‘ng, 1991 yilda kitob holida dunyo yuzini ko‘rgan[2] va Cho'lpon mukofotiga sazovor bo'lgan.

Mamadali Mahmudov ijod bilan birga jamoatchilik ishlari bilan ham faol shug‘ullangan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi, Madaniyat Jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan.

1991-yilgi prezident saylovlarida "Erk" partiyasini qo'llab-quvatlagan[3].

Birinchi qamoq muddati

1994-yili 3-mart kuni o'nlab IIV xodimlari Mamadali Mahmudovning uyiga va ofisiga bostirib keldi. 4-aprel 2003-yil uning O'zbekiston Prezidentiga ochiq xatida yozishicha, ular uyiga to'pponcha, giyoxvand moddalar va "Erk" gazetasining bir nechta sonini tashlab ketgan. Giyoxvand moddalar ofisiga ham tashlab ketilgan edi. Ushbu xatida Mamadali Mahmudov uyiga gazetalarni tashlab qo'ygan odam bir necha yildan so'ng kim ekanligi bilganini va bu DXQ (KGB) xodimi Aktam Roziqov ekanligini yozdi. O'sha kuni Evril Turonni IIV binosiga olib ketishgan. Davlat mulkini o‘g‘irlashda aybdor, deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 5 oy va 18 kun IIV binosining yerto'ladagi izolyatorida o'tirgan. So'ngra Navoiy-29, Olmaliq-45 qamoqxonalarining izolyatorlarida saqlangan[4]. Ish "PEN America" va "Amnesty International" tomonidan soxtalashtirilgan deb baholandi.

Ozod qilinishi uchun xalqaro kampaniyadan keyin 1996 yil 6 avgust kuni avf qo‘llanib, muddatidan oldin ozod qilingan[3].

  1. Mamadali Mahmudov: dunyo e’tiqod bilan tirik, e’tiqod bilan go‘zal! – bbc uzbek
  2. http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=3866
  3. 3,0 3,1 MAMADALI MAHMUDOV, UZBEKISTAN
  4. Открытое письмо заключенного писателя Мамадали МАХМУДОВА (Эврила ТУРОНА) Президенту Республики Узбекистан Исламу КАРИМОВУ