Ozodlik radiosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 18:
Ozodlik radiosiga [[Sovuq Urush]] paytida [[kommunizm]]ga qarshi stansiya sifatida [[Germaniya]]ning [[Munhen]] shahrida asos solingan. 1949-yildan 1995-yilgacha stansiyaning asosiy binosi shu yerda boʻlgan. 1995-yil stansiyaning markazi [[Chexiya]] poytaxti [[Praga]]ga koʻchirilgan.
 
Faqat musibatgina bizga buyuklik va ilohiylik eshiklarini ochadi.
== Tarixi ==
"Ozod Yevropa" korporatsiyasi ({{lang-en|Free Europe, Inc.}}) 1949-yilda [[Kommunizm|kommunistik]] mafkura taʼsiri ostidagi [[Sharqiy Yevropa]] davlatlarida roʻy berayotgan voqealar haqidagi xabar va reportajlarni efir orqali berish maqsadida tashkil etilgan. 1951-yilda aynan shu asoslarda [[Sovet Ittifoqi]] respublikalari uchun eshittirishlar olib borish maqsadida „Ozodlik radiosi komiteti“ ({{lang-en|Radio Liberty Comnitee, Inc.}}) korporatsiyasi tashkil etilgan.
 
[[File:RFE Broadcast Regions crop.jpg|thumb|left|300px|Ozodlik radiosi translatsiya qildagigan hudud (2009)]]
Har ikkala radiostansiya, asosan, [[AQSH Kongressi]] tomonidan [[Markaziy razvedka boshqarmasi]] (MRB) orqali mablagʻ bilan taʼminlanib kelingan, ayni paytda byudjetning muayyan qismi ayrim shaxslarning xayriyalaridan iborat boʻlgan. Radiostansiyalar faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha barcha majburiyatlar 1971-yilda Xalqaro radioeshittirishlar kengashi ixtiyoriga oʻtgach, MRB ushbu sohadagi oʻz ishtirokini toʻxtatgan.
 
Xalqaro radioeshittirishlarga ixtisoslashgan mazkur korporatsiyalar 1975-yil RFE/RL, Inc. ({{lang-en|Radio Free Europe“/Radio Liberty, Incorporated}}) tarzida birlashtirildi.
 
Radioeshittirishlarning haftalik umumiy hajmi 800 soatni tashkil etadi. Mazkur radiostansiyalarning shtab-kvartiralari 1995-yilgacha [[Germaniya]]ning [[Munhen]] shahrida boʻlgan, 1995-yildan [[Chexiya Respublikasi]]ning [[Praga]] shahriga koʻchirilgan. Asosiy shtab-kvartirasidan tashqari, joylarda uning 24 byurosi faoliyat koʻrsatadi.
 
RFE/RL radiostansiyasi avvallari kommunistik tuzumga qarshi eshittirishlar tayyorlagan boʻlsa, 1991-yildan oʻz eshittirishlari yoʻnalishi va mazmunini quyidagilardan iborat deb hisoblaydi: demokratik va bozor munosabatlari sohasidagi islohotlarga aloqador ichki va mintaqaviy masalalar boʻyicha yangiliklar, tahliliy materiallar berib borish; demokratik qadriyatlarni targʻib qilish orqali fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga yordam berish; etnik va diniy kelishmovchiliklarni bartaraf etishga hissa qoʻshish va boshqalar.
 
== Oʻzbek xizmati ==