Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 33:
== Bosh tahrir hayʼati ==
O‘zMEning asosiy ilmiy tayanchi — Bosh tahrir hay’atidir.<ref name="O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida"/> Uning ro‘yxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 154-qarori bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari fan sohalari bo‘yicha 160 dan ziyod kishini birlashtirgan 23 ta ilmiy-maslahat kengashi ham tuzilgan. Ularning ro‘yxati har bir jild sarvarag‘i va uning orqasida berib borilgan. O‘zME 12 jildini tayyorlash jarayonida O‘zME Bosh tahrir hay’atining 20 martadan ziyod kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
 
== Jildlari ==
O‘zMEning 1-jildi 2000-yil 30-dekabrda nashrdan chiqdi.<ref name="Вышел в свет 12 том “Национальной энциклопедии Узбекистана»">{{cite web|title=Вышел в свет 12 том “Национальной энциклопедии Узбекистана»|url=http://www.uzembassy.ru/529.htm|work=Посольство Республики Узбекистан в Российской Федерации|accessdate=04.02.2014}}</ref> O‘zME 1-jildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti [[Islom Karimov]]ning „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi o‘quvchilari“ga yo‘llagan tabrigi bilan boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi so‘nggi 11-jildining nashri 2005-yilda yakunlandi. Ensiklopediya hozirgi „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida bosilgan.
 
Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 [[nashriyot-hisob tabog‘i]]ni tashkil etgan qariyb 50 ming maqola berilgan.<ref name="В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий">{{cite web|title=В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий|url=http://www.encyclopedia.ru/news/enc/detail/46964/|work=Мир энциклопедий|accessdate=04.02.2014|date=07.01.2013}}</ref> Buning 40 foizdan ziyodi (20 mingdan ortig‘i) O‘zbekiston mavzusiga bag‘ishlangan.<ref name="O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida"/> Umumbashariy maqolalarning ham anchagina qismi O‘zbekiston bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan.
 
O‘zME 1-11-jildlarida faqat [[adabiyot]] sohasidan 56,124 muallif tabog‘ida 1538 ta maqola (12-jildda bu sohadan 10,3 muallif tabog‘idagi hajmda) maqola o‘rin olgan. [[Tilshunoslik]] sohasidan 22,162 muallif tabog‘i hajmida 538 ta maqola, [[madaniyat]] va [[sanʼat]] sohasidan 94,19 muallif tabog‘ida 4000 dan ziyod maqola berilgan.<ref name="O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi haqida"/>
 
O‘zME har bir jildida 125-130 nashriyot-hisob tabog‘ida material berilgan. Bundan tashqari 800-1200 atrofida bezaklar: rangli va oq-qora [[surat]]lar, [[xarita]]lar o‘rin olgan.<ref name="В 2012 году «Узбекская национальная энциклопедия» выпустила 15 изданий"/> Har bir jildni tayyorlashda 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashgan.
 
O‘zMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekiston haqidadir. 12-jildiga kiritilgan maqolalar, oldingi jildlardagi kabi alifbo tartibida emas, muayyan mavzu bo‘yicha joylashtirilgan. Kitob shartli ravishda 17 bo‘limga bo‘lingan. Har bir bo‘lim o‘zining mohiyatidan kelib chiqib boblarga, ular esa bandlarga ajratilgan. Shu tarzda ensiklopediya bo‘limlaridan muayyan mavzuni ochib beradigan, bir tizimga solingan batafsil axborotlar berilgan. Bu jildda mamlakat tarixi mustaqillik yillarida qabul qilingan davrlashtirish asosida eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha [[Xronologiya|xronologik]] tarzda izchil yoritilgan. Ensiklopediya sahifalaridagi maqolalarda mamlakatning bugungi kundagi hayoti, [[oʻzbeklar]]ning bunyodkorlik mehnati va yutuqlari haqida maʼlumot berilgan. Ushbu jildda tegishli maqolalarga monand 800 dan ziyod rangli, oq-qora surat, xarita va boshqa bezaklar bor.
 
Asosiy jildlar chop etib boʻlinganidan keyin 2006-yil ensiklopediyaga kiritilmay qolgan mavzular va nashr davrida roʻy bergan oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha jild chjop etildi:
 
{{quote|Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME)ni nashr etish davrida (2000—2005) roʻy bergan ayrim oʻzgarishlar: Oʻzbekiston Qahramonlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, sanʼat arboblari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchilari, xalq shoirlari, xalq rassomlari, xalq ustalari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artistlari, xalq hofizlari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchilari, „Oʻzbekiston iftixori“ unvoniga sazovor boʻlgan mashhur sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek, maʼmuriy-hududiy birliklar, ayrim tushunchalar va shahri k. haqida qoʻshimcha maqolalar berildi. Mezon boʻyicha berilishi kerak boʻlgan, lekin muayyan sabablarga koʻra OʻzME jildlariga kirmay qolgan ayrim shaxslar, turli tushunchalar haqidagi maqolalar ham ushbu qismdan oʻrin oldi.<ref>{{cite encyclopedia
|last=
|first=
|authorlink=
|editor-first=
|editor-last=
|editor-link=
|encyclopedia= Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
|title= Kirish soʻz
|trans_title=
|url=
|accessdate=
|language=
|edition=
|date=
|year= 2006
|month=
|publisher=
|volume=
|location= Toshkent
|id=
|isbn=
|oclc=
|doi=
|pages=
|quote=
|ref=
}}</ref>}}
 
== Qarshi olinishi ==