Masturbatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Masturbatsiya''' (masturbatio; [[lotincha|lot.]] manus — qoʻl, stupro — bulgʻamoq) yoki '''Onanizmonanizm''' ([[Bibliya]]dagi personaj Onan nomidan) — shahvoniy hisni qondirish maqsadida [[jinsiy aloqa]]siz erogen sohalar va [[jinsiy aʼzo]]larni sunʼiy taʼsirlab yoki ruhan tasavvurlash yoʻli bilan shahvoniy hisni qoʻzgʻatib [[orgazm]] — shahvoniy lazzat olish.
 
Masturbatsiya, asosan, balogʻatga yetish davrida koʻproq kuzatiladi va haqiqiy jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topishi mumkin. Haddan tashqari tor ichki kiyim kiyilganda ham jinsiy aʼzolar taʼsirlanadi, [[Pornografiya|pornografik]] filmlar, suratlar, [[Erotika|erotik]] raqslar, oʻyinlar, filmlar, hikoyalar, tush koʻrishlar va shu mazmundagi kitoblarni oʻqish, jinsiy aloqalar mavzusida soʻzlashish masturbatsiyaga bahona boʻlishi mumkin.