Ashxobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Ijtimoiy soha: qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
+img
Qator 68:
Ashxobod — muhim madaniyat markazi. Turkmaniston Fanlar Akademiyasi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Turkmaniston universiteti), 4 teatr (shu jumladan, Turkmaniston opera va balet teatri), tasviriy sanʼat muzeyi, tarix muzeyi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi (1881-yilda asos solingan), „Niso“ tarix-madaniyat qoʻriqxonasi mavjud. Ashxobodda „Turkmaniston“, „Ilm“ nashriyotlari, radio va televidenie, telemarkaz, Turkmaniston telegraf agentligi bor. Turkman va rus tillarida gazeta va jurnallar nashr etiladi. [[1968-yil]]dan „Ashxobod oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi.
[[File:Residential houses in Ashgabat, Turkmenistan.jpg|thumb|200px|right|Ashxabatdagi elita uylar]]
[[File:07 Асхабад. Скобелевская площадь.jpg|thumb|200px|right|Ashxabatdagi (1913)]]
20-asr boshida shaharda toʻgʻri burchakli kesishgan koʻchalar bilan birga radial yoʻnalishli koʻchalar ham boʻlgan; uylar asosan paxsadan qurilgan. Keyingi vaqtlarda shahar kengaydi va zamonaviy uylar qad koʻtardi. [[1948-yil]]gi zil-ziladan keyin Ashxobod butunlay qayta tiklandi. Koʻp qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50—90-yillarda bunyod etilgan inshootlar orasida Hukumat uyi binosi, Turkmaniston Fanlar Akademiyasi majmuasi, Mulla Nafas nomidagi Akademik drama teatri, qishloq xoʻjalik instituti, universitet, tasviriy sanʼat muzeyi, „Tinchlik“ kinokonsert zali, markaziy maydondagi Davlat kutubxonasi binosi, „Ashxobod“, „Inturist“ va boshqa mehmonxonalar bor. 1941 — 45 yillardagi urushda halok boʻlgan jangchilarga yodgorlik oʻrnatilgan. 1991 yildan keyin poytaxtda sharq meʼmoriy uslubi bilan uygʻunlashgan holda koʻplab yangi binolar, jumladan prezident saroyi va boshqa bunyod etildi<ref name="fishki.net"/>.