Mongoliya — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, sh.lar → shaharlar, sh. → shahri (3), -y. → - yil (23), sent.da → sentabrda, Mil. av. → Miloddan avvalgi, -a.lar → -asrlar (29), bal. 1 → balandligi using AWB)
 
== Tarixi ==
MMongoliya. hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4—10-asrlarda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-asrlarda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206 yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211 yil dan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr oʻrtalarida Shim. Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 yil Xitoy, 1380 yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Moʻgʻuliston va Shim. Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shim. Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M. ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616 yilda Shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 yil Jan. Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
 
M.daMongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-asr boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911 yil aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yil dan ortiqroq harakat qildi. 1915 yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.
 
1921 yil iyulda Urga shahrida M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924 yil 26 noyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 yilgacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 yillarning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.
Anonim foydalanuvchi