Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: g'i → gʻi, s'ho → sʼho using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{IslomMuhammad}}
'''Muhammad''', Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — [[Islom dini|islom]] dini va birinchi [[musulmon]]lar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (s.a.v.) yoki "alayhissalom" (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga [[Qurʼon]] nozil qilingan.