Qorabuloq (Sayram tumani): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Ro'yhat.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan INeverCry per c:Commons:Deletion requests/Files of Ilm.uz tufayli oʻchirgan edi.
"Toychi_ota.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan INeverCry per c:Commons:Deletion requests/Files of Ilm.uz tufayli oʻchirgan edi.
Qator 250:
== Kasb-hunar, savdo-tijorat ==
 
 
[[File:Toychi ota.jpg|300px|rihgt|thumb|Toʻychi ota savdo markazi]]
Qorabuloq hududida kasb-hunar, savdo-tijorat sohasi uzoq-uzoq hududlarga qadimdan maʼlum boʻlgan. Bir tomondan [[Buyuk Ipak yoʻli]]da joylashganligi, ikkinchi tomondan xalqining kasb-hunarmandchilikka mohirligi, savdo-sotiqning oʻta gavjumligi qadimdan hozirgacha hududning shuhrat va mavqeini yoʻqotmay keladi. Bu yerga mahalliy hunarmandlardan tashqari [[Samarqand]], [[Toshkent]], [[Isfijob]], [[Turkiston]], hatto ajnabiy ellardan ham kasb-hunarmandlar kelib joylashganlar.
Qishloqda kasb-hunarning hamma turi boʻyicha sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Eng nozik zargarlik buyumlaridan tortib, degrezchilik (temir, choʻyan buyumlar quyish) gacha, imorat solishdan tortib jihozlash, bezashgacha, toʻquvchiligu tikuvchilikkacha, xullas hudud xaridorlari talabiga mos mahsulotlar tayyorlagan. Isfijob, [[Taraz]], Oʻtror va undan ham uzoq ajnabiy ellarda Qorabuloq ustalari, dehqonlari, chorvadorlari yetishtirgan buyum va mahsulotlariga ham talab katta boʻlgan. Bu holat bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotganicha yoʻq. Hozirgi kunda asrlar osha xalq eʼzozlab kelgan kasb-hunarlarning ayrim turlari unutilib ketgan boʻlsa ham, Qorabuloq hududi shuhrati hamon mashhur.