'''Hojibekov Uzeir Abdul Husayn oʻgʻli''' (1885.17.9, Togʻli-Qorabogʻdagi Shusha shahri yaqinidagi Agjabedi qish-logʻi — 1948.23.11, [[Boku]]) — ozarbay-jon[[ozarbayjon]] kompozitori, dramaturg , qashunos, pedagog , Xalq artisti (1938), Ozarbay-jonFAakad. (1945). Ozarbayjonda zamonaviy professi-onal musiqa sanʼ-ati va taʼlimi asoschisi. Moskvada musiqa kursi (1911) va Peter-burg konservatoriyasi (1914)da oʻqigap. Ozarbayjonda musiqa maktabi (1922), konservatoriya (1938—48 yillar prof. va direktori; 1949 yildan H. nomida), Ozarbayjon xalq cholgʻu asboblari orkestri (1931), Ozarbayjon Davlat xori (1936) tashkilotchisi; 1945 yildan Ozarbayjon FAning Ozarbayjon Sanʼati instituti direktori. Birinchi milliy operasi — "Layli va Maj-nun" (1907) bilan ozarbayjon musiqasida mutmga asoslangan janr yoʻnalishini boshlab bergan. U jami 7 opera -"Rustam va Suhrob" (1910), "Asli va karam" (1912) va boshqa, 3 musiqali komediya |eng mashhuri "Arshin mol olon" (1913; filmi musiqasi uchun Davlat mukofoti, 1946) va boshqa], 2 faptaziya, kantata, ommaviy qoʻshiq, romanslar, Ozarbay-jon Davlat gimni (1945), shuningdek, adabiy asarlar, "Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari" (1945) va boshqa kitoblar muallifi. "Koʻr oʻgʻli" qahramonlik operasi (1937; Davlat mukofoti, 1941) ijodining choʻqqisi hisoblapadi. H. asarlari hayotiyligi, xalqchilligi, kuylarga boyligi, yorqin milliyligi, musiqiy vositalar ifodaviyligi bilan ajralib turadi.
Ijodi oʻzbek musiqali teatrining yuzaga kelishi va rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Oʻzbekistonda ozar-bayjon sanʼatkorlari gastrollarida "U boʻlmasa, bu boʻlsin", "Layli va Majnun", "Arshin mol olon" kabi asarlari namoyish qilingan. "Arshin mol olon" va "Layli va Majnun" asarlari 1920 yillardan boshlab dastlab Toshkent ("Turon", "Sharq sahnasi", "Kolizey" va boshqalar) teatrlarida, keyinchalik koʻpgina oʻzbek musiqali teatrlarida qoʻyildi (jumladan, Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1929, 1937); "Koʻr oʻgʻli" operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1950—56). H.ning uy-muzeylari Boku (1975 yildan) va Shusha (1965) da faoliyat koʻrsatadi. == Manbalar ==
{{OʻzME}}
{{stub}}
[[Turkum:Ozarbayjon bastakorlari]]
|