Parij: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 4 y. → 4 yil, Mil. av. → Miloddan avvalgi, -a.da → -asrda (13), i.ch. → ishlab chiqarish, mil. 3 → milodiy 3 using AWB
Update inf. from wiki (en)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Paris''' — Fransiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645&nbsp;mm. Aholisi 2,12 mln. kishi (19992013). Atrofidagi shaharlar bilan Katta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).
 
Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4asrlarda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 yillarda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 yildan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-asrlarda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. 2-jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 yil 19—25 avg .da ulardan ozod qilindi.