Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Tabiati: imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
+ wikilink + inf. from wiki (en)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransiya''' (-{France}-), Fransiya Respublikasi (-{République Française}-) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 6566,7 mln. kishi (20122016). Poytaxti — Parij shahri Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari ([[Gvadelupa]], [[Martinika]], Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari ([[Taiti]], Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 10:
F.ning sharq va jan.da togʻ tizmalari, markazining jan. qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. F.dagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. F. va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi F. tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.
 
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va jan.gʻarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, jan. gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000&nbsp;mm) [[Alp]], Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. F.da koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang , chimli kulrang , qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).
 
Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring , katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg , Bordo, Monpelye, Lill.