Oktyabr inqilobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Oktabr inqilobi''' yoki '''Oktabr toʻntarishi''' - [[Rossiya]]da Muvaqqat hukumatnit qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga [[bolsheviklar]] partiyasining kelishi.<ref>Hahramon Rajabov, Sayfiddin Joʻrayev. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Inqilob eski kalendar boʻyicha 1917-yil 24-26 oktabr, yangi kalendar boʻyicha 6-8-noyabrda sodir boʻlgan.
 
[[Fevral inqilobi]]dan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qatʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning , mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining de-bochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917 yil avg . oxiri — sentabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrdi. 24 okt.dan 25 okt.ga oʻtar kechasi (6—7 noyabr) kurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltik, flotining matroslari Qishki sa-royga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-sʼyezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, Tinchlik va Yer toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V.I.Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sa-noat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tash-qari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi. Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917 yil 12 noyabr)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918 yil 5(18) yanvarda Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ra-vishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—22) kuchayishiga olib keldi. 1918 yil mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. "Harbiy kommunizm" siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favkulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917 yil dek.) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918 yil fevral) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.
Qator 10:
 
Ad:. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Istoriya Sovetskoy Rossii Sankt-Peterburg , 2001; V yer go N., Istoriya sovetskogo gosudarstva, 1900—1991, M., 2001.
 
Hahramon Rajabov, Sayfiddin Joʻrayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwikiOʻzME}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}