Soʻfi Olloyor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 24:
 
== Ijodi ==
Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soʻfi Olloyor ijodining asosiy yoʻnalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogʻliq gʻoyalarini targʻibtashviq qilishdan iborat. U "Maslak ulmuttaqin" ("Taqvodorlar maslagi"), "Murod ulorifin" ("Oriflar murodi"), "Maxzan ulmuteʼin" ("Itoatkorlar xazinasi") asarlarini forsiy, "Sabot ulojizin" ("Ojizlar saboti"), "Favz unnajot" ("Najot tantanasi") masnaviylarini turkiy tiddatilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. "Mevalar munozarasi" nomli manzuma ham unga nisbat beriladi.
 
SO.ning shoh asari "Maslak ulmuttaqin" boʻlib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bagʻishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan soʻng doʻstu yaqinlari undan turkiy tidda ham shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u "Maslak ulmuttaqin"ni birmuncha qisqartirib, oʻzbek tilida nazmda bitgan va universiteta "Sabot ulojizin" deb nom bergan. Oʻzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boʻlmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviyaxloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa koʻshgan.