Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Bek98 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 92:
'''Modernizm''' nuqtai nazaridan millatlar va millatchilik — [[Sanoat toʻntarishi|sanoat erasining]] boshlanishida paydo boʻlgan va [[Davlat|davlatlarning]] kuchayishi hamda [[Kapitalizm|kapitalizmning]] rivojlanishi bilan bogʻliq tarixiy hodisalar<ref>''[[Геллнер, Эрнест Андре|Gellner E.]]'' Natsii i natsionalizm. — M.: Progress, 1991.</ref>. Ushbu nazariyaga koʻra, davlatning aholini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarishi kuchayishi bilan madaniyat va turmush yanada koʻproq yashash mamlakatiga bogʻlib qoldi. Aloqa texnologiyalari va bozor rivoji bir biri bilan hech qachon bevosita muloqot qilmagan odamlar orasida ijtimoiy aloqalar paydo boʻlishiga xizmat qildi. Bu yoʻnalishning tarafdorlari etnik mansublik millatchilikning kelib chiqishida, madaniyat esa millat shakllanishining yakunlovchi bosqichida rol oʻynashini inkor etmaydilar, lekin umuman millatchilikning etnik mansublik bilan bogʻliqligini tasodif deb biladilar. Ular milliy mansublik aniq belgilangan hudud ostida nazoratini amalga oshiruvchi zamonaviy davlat bilan belgilanadi, mavjud etnik munosabatlar esa davlat chegaralariga toʻgʻri kelishi uchun yoki, aksincha, hokimiyat uchun kurashda yangi davlatlarning shakllanishiga xizmat qilishlari uchun qayta koʻrib chiqiladi.
 
'''Etnosimvolizm''' (perennializm) iqtisod bilan birga millatchilikning oʻzagi etnik mansublikdir ham, degan nuqtai nazarni eʼtirof etadi. Etnosimvolistlar millatni tabiiy tuzilma deb hisoblamasa-da, ular uning asosida nisbatan qadimiy tarix va milliy oʻzlikni anglash yotadi, deb hisoblaydilar<ref name=":3" />. Ushbu nazariyaga koʻra, hali sanoat davridan oldin madaniyatning umumiy elementlari, tarixiy xotiralar, ajdodlar haqidagi [[Mif|miflar]] bilan va maʼlum bir darajada birdamlikka ega koʻplab etnik hamjamiyatlar vujudga kelgan. Etnik hududlarning chegaralari aniq belgilangan emas edi. Etnik hamjamiyatlar mustahkam, negaki miflar, ramzlar, xotiralar va qadriyatlar sekin oʻzgaradigan madaniyat va faoliyat elementlari bilan birga keladi. Bu hamjamiyatlarning baʼzilari madaniy-iqtisodiy integratsiyaning yangi bosqichiga oʻtishdi, maʼlum bir tarixiy hududga bogʻlanib qoldi hamda oʻziga xos qonun va urf-odatlarga ega boʻlishdi — yaʼni [[Millat|millatlarga]] aylanishdi. XVIII asrning oxirida millatchilik gʻoyasining paydo boʻlishi esa millatlar sifatini va shakllarini keskin oʻzgartirib yubordi.
 
Rossiyalik olim [[Miller|A. I. Millerning]] fikriga koʻra, oxirgi oʻn yilliklardagi millatchilikning barcha nazariy tadqiqotlari ozmi-koʻp [[Karl Doych|Karl Doychning]] asarlariga tayanadi<ref>[http://www.ukrhistory.narod.ru/texts/miller-pred1.htm ''Miller A.'' Teoreticheskie prinsipi izucheniya natsionalizma]</ref>.
 
== Manbalar ==