Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 59:
'''Milliy''' '''davlat''' — bu ijtimoiy tashkilotchilik, siyosiy bosharuv va madaniy oʻzlik bir-biriga bogʻliq boʻlgan hududiy tashkilot. Ushbu taʼrifga toʻlaligicha mos keladigan davlatlar soni 10 foizdan kamroq, ammo zamonaviy davlatlarning koʻpchiligi uning koʻpkina jihatlarini oʻzida mujassam etadi.<ref name=":1">''McCrone D., Kiely R.'' [http://homepage.univie.ac.at/herbert.preiss/files/McCrone_Kiely_Nationalism_and_citizenship.pdf Nationalism and citizenship] // Sociology. 2000. Vol. 34, No. 1. P. 19.[[Идентификатор цифрового объекта|DOI]]:[[doi:10.1177/S0038038500000031|10.1177/S0038038500000031]] (angl.)</ref>
 
Zamonaviy davlatlar markazlashtirilgan, yoyilgan va muxtor tuzilmalar orqali koʻplab shaharlarni va bir biriga tutash mintaqalarni boshqarishadi. Ular hamma uchun shart boʻlgan qoidalarni ishlab chiqish<ref>Veber M. Xozyaystvo i obщestvo / Per. pod red. L. G. Ionina. — M.: Izd-vo GU VShE, 2007. <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5759803336|ISBN 5-7598-0333-6]]</ref> va oʻz hududi doirasida kuch qoʻllash [[Monopoliya|monopoliyasiga]] egalar<ref name=":6">''Billig M.'' [http://www.ruthenia.ru/logos/number/49/03.pdf Natsii i yaziki] // Logos. — 2005. — Vip. 4 (49). —S. 60−86..</ref>. Shunday qilib, ular oʻz hokimiyatini butun aholiga yoyadilar va iqtisodiy rivoj hamda [[mudofaa]] uchun insonlar hayotini maʼlum bir tarzda tashkil etishga urinadilar. Bu bilan ular mintaqalarning [[Integratsiya|integratsiyasiga]] intilmaydigan shahar-davlatlardan va odamlarning kundalik ishlarini kuzatishga urinmaydigan [[Imperiya|imperiyalardan]] farq qiladi<ref name=":5">Calhoun C. Nationalism and ethnicity // Annu. Rev. Sociol. 1993. Vol. 19. P. 211. [http://www.columbia.edu/itc/sipa/U6800/readings-sm/calhoun.pdf <nowiki>[3]</nowiki>] </ref>. Bundan tashqari, milliy davlat xalqlarning ixtiyoriy integratsiyasiga intiladi va bu bilan yangi hududlarni egallab olish, ushlab turish va [[Kolonizatsiya|kolonizatsiyani]] maqsad qiladigan imperiyadan farq qiladi.<ref name=":0" />
 
Milliy davlat uning fuqarolari bilan bogʻlanadi, lekin ichki va xalqaro maydonda uni odatda bitta davlat yetakchisi namoyon etadi. Masalan, [[Sharl de Gol]] fransuz davlatining rahbari „[[Fransiya]] haqidagi alla-qanaqa gʻoyani“ namoyon etishi kerakligini taʼkidlagan.
Qator 75:
Millatchilik [[Yangi tarix|yangi]] tarix mahsuli sanaladi<ref name=":4">[http://search.eb.com/eb/article-9117287 Nationalism] // <nowiki/>[[Британская энциклопедия]] / Ed. Kohn H. — Chicago: Encyclopædia Britannica, 2007. Sm. takje ''Pathak B.'', ''Singh S. P.'' ''[http://books.google.com/books?id=MPMkaHfHLRgC&pg=PA81 Glimpses of Europe, Ch. 3. The origin and growth of nation-states in Europe]'' v <nowiki/>[[Google Книги|Google Knigax]]</ref>. Tarix davomida odamlar ona yeriga bogʻliqlikni his etishgan va mahalliy hokimiyatni qoʻllab-quvatlagan. Lekin siyosiy va madaniy hodisalarning koʻpchiligi yangi tarixdan oldin milliy emas, balki universal tusga ega edi.
 
Millatchilikning eng birinchi oʻzini namoyon qilishi [[Angliya|Angliyadagi]] [[Shonli inqilob|Shonli]] inqilob boʻldi. Millatchilikning qaʼd rostlashi [[Liberalizm|liberalizmning]] paydo boʻlishiga toʻgʻri keldi, va uzoq vaqt ikkala gʻoya bir biri bilan bogʻliqlikda rivojlandi. Millatchilikning yorqin namunasi [[Yangi dunyo|Yangi]] Dunyo elitalarining ispan kolonializmiga qarshi kurashi boʻldi<ref name=":7">''[[Андерсон, Бенедикт|Anderson B.]]'' <nowiki/>[[Воображаемые сообщества. Размышления об истоках и распространении национализма]]. — M.: Kanon-Press-Ts, 2001. — 320 s. — <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5933540173|ISBN 5-93354-017-3]].</ref>. Lekin eng kuchli tebranishlarga Amerika va Fransiyadagi [[Buyuk fransuz inqilobi|inqiloblar]] aylandi. 1815-y. kelib millatchilik dunyodagi yetakchi gʻoyalardan biri edi. U [[Kapitalizm|kapitalistik]] iqtisodga oʻtish davrida jamiyatning safarbarligini taʼminlay oldi, bu esa milliy davlatlarning samaraliligiga va ularning iqtisodiy qudratiga olib keldi<ref name=":2" />.
 
Agar XVIII asr oxiri Fransiya va AQSHda millatchilik asosan fuqaroviy boʻlgan boʻlsa, markaziy va sharqiy Ovruponing koʻpchilik mamlakatlarida u fransuz okkupatsiyasiga javob sifatida yuzaga keldi va boshida etnik tusga ega edi. Masalan, [[Germaniya|Germaniyaning]] birlashuvi va [[Elzange|Elzas]]-Lotaringiyaning anneksiyasi [[pangermanchilik]] asnosida amalga oshirildi. XIX asrning 2-yarmida millatchilik [[Avstro-Vengriya]], [[Rossiya Imperiyasi|Rossiya]] va [[Usmonlilar imperiyasi|Usmonli]] imperiyalarining yaxlitligini yemira boshladi va ular [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushidan]] keyin qulashdi. XX asr boshida u Afrika va Osiyada gulladi, bu esa fransuz va britan imperiyachiligi bilan kurashni shiddatlashtirdi va natijada kolonial tizimning qulashiga olib keldi.
Qator 90:
'''Primordializm''' millatlarning [[Prototip|prototiplari]] va millatchilik insoniyat tarixining boshlanishidanoq mavjud boʻlganliklarini va bir [[Etnik guruh|etnik]] guruhga mansub odamlarga xulqini belgilaydigan madaniy xususiyatlar boshidanoq va toabad xos boʻlishini taʼkidlaydi<ref>Tishkov V. A. Ocherki teorii i politiki etnichnosti v Rossii. M.: Russkiy mir, 1997.</ref>. Primordializmning maqsadi allla-qanday „haqiqiy“ etnik poydevorni topishdir. Bugungi kunda millatchilik tadqiqodchilari orasida primordializm tarafdorlari deyarli qolmagan. Izlanishlar koʻrsatmoqdaki, haqiqatdan ham qadimiy anʼanalar mavjud emas va madaniy meʼyorlar hamda qadriyatlarning kuchliligi ularni shakllantiradigan [[Ijtimoiy institutlar|ijtimoiy institutlarning]] qanchalik uzoq saqlanishi bilan bogʻliq<ref name=":5" />.
 
'''Modernizm''' nuqtai nazaridan millatlar va millatchilik — [[Sanoat toʻntarishi|sanoat erasining]] boshlanishida paydo boʻlgan va [[Davlat|davlatlarning]] kuchayishi hamda [[Kapitalizm|kapitalizmning]] rivojlanishi bilan bogʻliq tarixiy hodisalar<ref name=":8">''[[Геллнер, Эрнест Андре|Gellner E.]]'' Natsii i natsionalizm. — M.: Progress, 1991.</ref>. Ushbu nazariyaga koʻra, davlatning aholini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarishi kuchayishi bilan madaniyat va turmush yanada koʻproq yashash mamlakatiga bogʻlib qoldi. Aloqa texnologiyalari va bozor rivoji bir biri bilan hech qachon bevosita muloqot qilmagan odamlar orasida ijtimoiy aloqalar paydo boʻlishiga xizmat qildi. Bu yoʻnalishning tarafdorlari etnik mansublik millatchilikning kelib chiqishida, madaniyat esa millat shakllanishining yakunlovchi bosqichida rol oʻynashini inkor etmaydilar, lekin umuman millatchilikning etnik mansublik bilan bogʻliqligini tasodif deb biladilar. Ular milliy mansublik aniq belgilangan hudud ostida nazoratini amalga oshiruvchi zamonaviy davlat bilan belgilanadi, mavjud etnik munosabatlar esa davlat chegaralariga toʻgʻri kelishi uchun yoki, aksincha, hokimiyat uchun kurashda yangi davlatlarning shakllanishiga xizmat qilishlari uchun qayta koʻrib chiqiladi.
 
'''Etnosimvolizm''' (perennializm) iqtisod bilan birga millatchilikning oʻzagi etnik mansublikdir ham, degan nuqtai nazarni eʼtirof etadi. Etnosimvolistlar millatni tabiiy tuzilma deb hisoblamasa-da, ular uning asosida nisbatan qadimiy tarix va milliy oʻzlikni anglash yotadi, deb hisoblaydilar<ref name=":3" />. Ushbu nazariyaga koʻra, hali sanoat davridan oldin madaniyatning umumiy elementlari, tarixiy xotiralar, ajdodlar haqidagi [[Mif|miflar]] bilan va maʼlum bir darajada birdamlikka ega koʻplab etnik hamjamiyatlar vujudga kelgan. Etnik hududlarning chegaralari aniq belgilangan emas edi. Etnik hamjamiyatlar mustahkam, negaki miflar, ramzlar, xotiralar va qadriyatlar sekin oʻzgaradigan madaniyat va faoliyat elementlari bilan birga keladi. Bu hamjamiyatlarning baʼzilari madaniy-iqtisodiy integratsiyaning yangi bosqichiga oʻtishdi, maʼlum bir tarixiy hududga bogʻlanib qoldi hamda oʻziga xos qonun va urf-odatlarga ega boʻlishdi — yaʼni [[Millat|millatlarga]] aylanishdi. XVIII asrning oxirida millatchilik gʻoyasining paydo boʻlishi esa millatlar sifatini va shakllarini keskin oʻzgartirib yubordi.
 
Rossiyalik olim [[Miller|A. I. Millerning]] fikriga koʻra, oxirgi oʻn yilliklardagi millatchilikning barcha nazariy tadqiqotlari ozmi-koʻp [[Karl Doych|Karl Doychning]] asarlariga tayanadi<ref>[http://www.ukrhistory.narod.ru/texts/miller-pred1.htm ''Miller A.'' Teoreticheskie prinsipi izucheniya natsionalizma]</ref>.
 
== Millatchilik va madaniyat ==
XVIII asrning oxiridan davlatning milliylashuvi taʼlim va jamoat hayotining milliylashuvi bilan birga kechgandi<ref>[[Национализм#CITEREFBritannica2007|Britannica, 2007]].</ref>. Shoirlar va olimlar ona tilining islohotiga kirishdi hamda uni adabiy til darajasiga koʻtarishdi. Tarix sohasidagi asarlari milliy davlatchilik uchun siyosiy talablar asosini tayyorlab berdi.
 
Milliy davlatlarda yangi marosimlar paydo boʻldi: festivallar, bayramlar, bayroqlar, musiqa, sheʼriyat, vatanparvar nutqlar. Vaqt oʻtishi bilan yangi elementlar ertaklarda, meʼmoriy uslublarda, mahalliy qonunlarda oʻz aksini topdi. Dinniy siyosiy ahamiyati asta sekin yoʻqoldi, davlat tilini bilish esa oʻta muhim boʻlib qoldi. Ikkinchisi kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji va yagona bozorning kengayishidan manfaatdor boʻlgan kapitalizm bilan bogʻliq<ref name=":7" />. Lekin millatchilik hamma vaqt ham mavjud til anʼanalariga tayanmasdi. Koʻpkina hollarda u aslzoda doiralarning tiliga qarshi mahalliy lahjalarni oldinga surardi. Baʼzan kam qoʻllaniladigan tillarning tiklanishi yuz bergan, baʼzan bir nechta shevalarning bitta tilga integratsiyasi sodir boʻlga.
 
Preindustrial jamiyat asosan vertikal tabaqalarga boʻlingan boʻlsa, [[Yangi tarix|yangi tarixda]] davlatlar siyosati bu tabaqalanishning oldini olishga xizmat qildi. Millatchilik tufayli yuksak madaniyat butun jamiyatni qamrab oldi, uni belgilashni boshladi va siyosiy qoʻllovga ega boʻldi<ref name=":8" />.
 
Millatchilik odamni milliy madaniyat va til bilan belgilashga intilgani uchun (din, yashash joyi, urugʻ bilan belgilashga qarshi), katta ahamiyatni [[Taʼlim|taʼlim]] kasb etadi<ref name=":8" />. Ommaviy taʼlim tizimi nafaqat aholiga asosiy kasbiy koʻnikmalarni beradi, balki milliy davlatga oʻz vatandoshlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri samarali muloqot qilishga yordam beradi. Taʼlim tizimi shuningdek etnik koʻpchilikning qadriyatlari, madaniyati, tarixi, tilini qoʻllab quvvatlashga xizmat qiladi<ref>Shulman S. Challenging the civic/ethnic and West/East dichotomies in the study of nationalism // Comparative Political Studies. 2002. Vol. 35, No. 2. P. 554. <nowiki/>[[Идентификатор цифрового объекта|DOI]]:[[doi:10.1177/0010414002035005003|10.1177/0010414002035005003]]</ref>.
 
Millatchilik oʻzingni millat bilan bogʻlash hissini tarbiyalash uchun tarixni tushuntirish va oʻrgatishga alohida eʼtibor beradi. Koʻpkina tadqiqodchilar bunaqa eʼtibor mafkurviy tusga egaligini va oʻz talablari uchun mifologik asos yaratish maqsadida amalga oshirilishini taʼkidlaydilar<ref>''Xobsbaum E.'' Natsii i natsionalizm posle 1780 g. —SPb.: Aleteyya, 1998. — 306 s.</ref>.
 
Dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida millatchilik zamonaviy jamiyat tuzilishining qismi boʻlib qoldi. Aholi uni oddiy holdek qabul qiladi va hatto millatchi ritorikaga, agar u jamoat tatibiga rahna solmasa va qaysidir inqiroz bilan bogʻliq boʻlmasa, javob koʻrsatmaydi<ref>''Smit E. D.'' Natsionalizm i modernizm: Kriticheskiy obzor sovremennix teoriy natsiy i natsionalizma. — M.: Praksis, 2004. — 464 s. — <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5901574397|ISBN 5-901574-39-7]].</ref>. Odamlarda mafkuraviy tusga ega bir qancha odatlar paydo boʻladi va ular millatning uzluksiz qayta tiklanishini taʼminlaydi<ref name=":6" />.
 
== Manbalar ==