Makkajoʻxori: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr, i. ch. → ishlab chiqarish using AWB
Ercé (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Zea mays 'Ottofile giallo Tortonese' MHNT.BOT.2015.34.1.jpg|thumb|''Zea mays "Ottofile giallo Tortonese”'']]
 
'''Makkajoʻxori''' ({{lang|la|''Zea mays'' L.}}) - [[boshoqdoshlar|bo-shokdoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[bir yillik oʻsimliklar|bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar]] [[tur (biologiya)|tur]]i, [[don ekinlari|don]] va [[yem-xashak ekinlari|yem-xashak ekini]]. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. [[Vatan]]i—[[Markaziy Amerika|Markaziy]] va [[Janubiy Amerika|Jan. Amerika]]. Dastlab [[Meksika]] hududida qad. [[mayya (xalq)|mayya]] va [[atsteklar|atstek]] [[qabila]]lari tomonidan mil.dan 5200 yil avval [[dehqonchilik]]daekilgan. [[Yevropa]]ga [[XV asr|15-asr]] oxirida keltirilgan. M. [[ekinlarni ekish|ekiladigan]] xududlar shim. kenglikning 40° gacha boradi. [[Jahon]] dehqonchiligida M. [[ekin maydoni|ekilgan maydon]] 139,2 mln.[[gektar|ga]], [[hosildorlik]] (don boʻyicha) 43,13 s/ga, yalpi hosil 600,4 mln. t AKD] (28,5 mln.ga, hosildorlik 84 s/ga), Braziliya (11,6 mln.ga, hosildorlik 27,6 s/ga), Meksika (7,2 mln.ga; hosildorlik 25,3 s/ga), Xitoy (25,8 mln.ga; hosildorlik 48,8 s/ga), shuningdek, Jan. va Jan.-Sharqiy Yevropa, Jan.-Sharqiy Osiyo, Jan. va Sharqiy Afrika mamlakatlarida katta maydonlarga ekiladi (1999). Oʻzbekistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi (42 ming ga; hosildorlk 31,6 s/ga; yalpi hosil 131,4 t; 2000). Poyasi tik, 5–6 m gacha, boʻgʻimli, ichi gʻovak. Ildizi pataksimon, yerga 1—1,5 m gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki boʻgʻimidan yoʻgʻon tayanch ildizlar chiqaradi, ular oʻsimlikni yotib qolishidan saqdaydi va chopiq vaqtida yumshoq tuproq uyumi ularni nam hamda oziq moddalar bilan taʼminlaydi. Barglari keng nashtarsimon, ketma-ket joylashgan, usti tukli. M. bir uyli, toʻpguli ayrim jinsli oʻsimlik, chan-gchi toʻpguli poya uchida roʻvak, urugʻchi toʻpguli soʻtada popuksimon boʻladi. Mevasi don. 1000 ta doni vazni 100— 400 g . Soʻtasi donli zoʻgʻata, 500 dan 1000 gacha doni boʻladi va uni oʻrab turgan barg (gʻilof)lardan iborat, har tup oʻsimlik 1—2 — 3 ta, baʼzan undan koʻproq soʻta chiqaradi. Doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsimon, rangi va morfologik belgilariga koʻra, tishsimon, yarim tishsimon, mumsimon va qobiqli guruhlarga boʻlinadi. Donining tarkibida 9—10% oqsil, 4—6% moy, 65—70% uglevod, V,, V2, V6, Ye vitaminlari, doni sargʻish navlarida provitamin A, nikotin va pantaten kislotalar, flavonoidlar va boshqa mavjud. M. juda mahsuldor va turli maqsadlarda ishlatiladigan ekin. M. doni oziq-ovqat (un, yorma, bodroq, shirin qalamchalar, makkajoʻxori moyi va boshqalar), kraxmal-patoka, pivo, spirt sanoatlarida ishlatiladi. Aralash yem ishlab chiqarish uchun xom ashyo, doni chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa (1 kg donining toʻyimliligi 1,34 ozuqa birligiga teng), koʻk massasi (1 kg ida 13,6—14,6 g hazm boʻluvchi protein va 0,18—0,39 ozuqa birligi bor), silosi va doni bilan birga maydalab konservalangan soʻtasi qimmatli ozuqa. M. poyasi, zoʻgʻatasi, qobiq bargidan qogʻoz, linoleum, viskoza, izolyasiya materiallari, sunʼiy poʻkak, kinoplyonka va boshqa ishlab chiqariladi. M. popugi tibbiyotda ishlatiladi.