Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

 
== Oʻzbeklar etnogenez ==
Oʻzbeklar turklar boʻlgan.Davlatni mavjud; qozoq, turkman, qirgʻiz, Ozarbayjon va Turkiya, turk xalqi kabi bir millat emas. Oʻzbeklar alohida etnik birlik (millat) boʻlib, Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlari — [[Movarounnahr]]da, [[Xorazm]]da, [[Yettisuv]]da, qisman [[Sharqiy Turkiston]]ning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma [[dehqonchilik]], [[hunarmandchilik]] bilan shugʻullanib kelgan mahalliy [[sugʻdiylar]], [[baxtariylar]], [[xorazmiylar]], fargʻonaliklar, yarim chorvador [[qangʻlilar]], [[eftaliylar]], koʻchmanchi va sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, [[Oltoy]], Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda [[Volga]] va [[Ural]] daryosi boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbeklar etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan maʼlum.O'zbek xalqi kelib chiqishi haqida turli xil afsonalar mavjud shunday afsonalardan biri Qadimgi Afrosiyob nomini olgan Dastlabki Turkiy shoh Alp Er To'ng'aga ham bog'lashadi.Alp Er To'ng'a Professor Boboevning ilmiy izlanish va tadqiqotlari Xulosasi shuni ko'rsatadiki Alp Erto'ng'a haqiqatan Tarixda bo'lgan va uning tarixi davri taxminan mil avv 3 mingyillikka borib taqaladi va shundan ko'rish mumkinki O'zbek xalqi tarixi chuqur o'tmishga taqaladi.
 
Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik va antropologik tadqiqotlar natijasida [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo]] oraligʻida soʻnggi [[jez davri]]dayoq yuqorida nomlari zikr etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi sodir boʻlganligi va [[assimilyatsiya]] jarayoni natijasida antik davrga kelib, oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon tarkib topganligi hamda oʻzbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Maʼlumki, miloddan avvalgi 3-asr da Sirdaryoning oʻrta oqimida turkiy va sugʻdiylar ittifoqi asosida Qangʻ davlati tashkil topgan edi. [[Qangʻ davlati]] davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlarning iqtisodiy siyosiy va etnomadaniy aloqalarining tobora rivojlanib borishi natijasida [[turkiy tillar|turkiy tilli]] etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat shakllandi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashlaricha aynan shu davrlarga kelib, Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi (qiyofasi) toʻliq shakllangan. Oʻzbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar [[kushonlar]] hamda milodiy 4—5-asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, [[Jungʻoriya]]dan, Sharqiy Turkistondan siljigan [[xioniylar]], [[kidariylar]] va [[eftaliylar]]dir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga faol taʼsir oʻtkazgan turkiy etnik komponentlar asosan [[Turk xoqonligi]] (6—8-asrlar) davrida Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari ([[Toshkent]], [[Zarafshon]], [[Qashqadaryo]], [[Surxondaryo]] vohalari, [[Fargʻona vodiysi]]) va Xorazmga kelib joylashib, maʼlum bir tarixiy davr mobaynida, bu etnik komponentning aksariyat qismi oʻtroqlashdi. Turk xoqonligi davrida kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etnik madaniy munosabatlarning rivoji hududdagi etnik jarayonlar taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Ushbu turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy xoʻjalik anʼanalari bilan jadal uygʻunlashuvi yuz berdi. Bu davr turkiy-sugʻdiy simbiozni hal qiluvchi bosqichlaridan biri boʻlgan.
36

ta tahrir