Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Oʻzbeklar etnogenez: O'zbek xalqi kelib chiqishi haqida turli xil afsonalar mavjud shunday afsonalardan biri Qadimgi Afrosiyob nomini olgan Dastlabki Turkiy shoh Alp Er To'ng'aga ham bog'lashadi.Alp Er To'ng'a Professor Boboevning ilmiy izlanish v...
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 104:
8-asrdan arab va ajam (arab boʻlmagan Yaqin va Oʻrta Sharq) xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta taʼsir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida maʼlum bir oʻzgarishlar boʻlgan boʻlsada, Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida qolib, [[arablar]] (7—8-asrlar) hukmronligi ostida yashaganlar. Umuman olganda, 9-asrdan boshlab Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va, oʻz navbatida, sugʻdiylar va boshqalar mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Etnograf olim K.Shoniyozovning qayd etishicha, 9—10-asrlarda tigʻiz etnogenetik jarayon natijasida koʻplab turkiy qabila va elatlarning oʻtroq hayotga oʻtishi jadal davom etgan. Bu asrlarda Sirdaryoning shimolida, Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlgan. Tabiiyki, bu kuchli etnik qatlam asosining aksariyat koʻpchiligini oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslar tashkil qilgan<ref>[http://www.library.cjes.ru/online/?a=con&b_id=416&c_id=4483 Этнический атлас Узбекистана. Археология узбекской идентичности]</ref>.
 
== Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni ==O'zbek xalqi kelib chiqishi haqida turli xil afsonalar mavjud shunday afsonalardan biri Qadimgi Afrosiyob nomini olgan Dastlabki Turkiy shoh Alp Er To'ng'aga ham bog'lashadi.Alp Er To'ng'a Professor Boboevning ilmiy izlanish va tadqiqotlari Xulosasi shuni ko'rsatadiki Alp Erto'ng'a haqiqatan Tarixda bo'lgan va uning tarixi davri taxminan mil avv 3 mingyillikka borib taqaladi va shundan ko'rish mumkinki O'zbek xalqi tarixi chuqur o'tmishga taqaladi.
== Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni ==
[[Qoraxoniylar]] davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yaquniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — 12-asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.