Moturidiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 0 y. → 0 yil using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Moturidiy''', Abu Mansur alMoturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) —[[Turkiy]] imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-xudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqixlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dare berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmuʼin an-Nasafiy, Abulyusr alPazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
 
M.ning asosiy asarlari "Kitob attavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilot axl assunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob attavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, nakl — rivoyatlar vositasida va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan xrlda aklidrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. M. "din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi.